Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet46/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   324
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.08 Korxonalarni sotish]
8-§. Korxonani sotish
489-modda. Korxonani sotish shartnomasi
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko‘rsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchiga o‘tadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonun (2006-yil 18-sentabr, O‘RQ-51-son)ning 9-moddasi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonun (2001-yil 30-avgust, 267-II-son)ning 30-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma bo‘yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
(489-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonun (2000-yil 25-may, 71-II-son)ning 11-moddasi ikkinchi qismi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling