Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari


Download 1.93 Mb.
bet94/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   324
607-modda. Uy-joyni ijaraga oluvchining majburiyatlari
Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi bo‘yicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini ta’minlashi va uni yaxshi holda tutishi shart.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini o‘zgartirishga haqli emas.
Ijaraga oluvchi uy-joy haqini o‘z vaqtida to‘lab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil to‘lashi shart.
608-modda. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga ijaraga oluvchining yangi oila a’zolarini kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joyni ijaraga oluvchi, shuningdek uning oila a’zolari boshqa fuqarolarni oila a’zosi sifatida uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritishni talab qilishga haqli. Bunday fuqarolarni uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(608-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-son “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 16-bandi.
609-modda. Vaqtincha yashovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Basharti, qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
(609-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida uy-joyni bo‘shatishlari shart.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling