Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Pudratchi buyurtmachini ogohlantirib qo‘yishi shart bo‘lgan holatlar


Download 1.93 Mb.
bet107/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   324
643-modda. Pudratchi buyurtmachini ogohlantirib qo‘yishi shart bo‘lgan holatlar
Pudratchi quyidagilarni aniqlagan taqdirda darhol buyurtmachini ogohlantirishi va undan ko‘rsatmalar olgunga qadar ishni to‘xtatib turishi shart:
buyurtmachi bergan material, uskunalar, texnik hujjatlar yoki qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilgan ashyoning yaroqsizligi yoki sifatsizligini;
buyurtmachining ishni bajarish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarish uning uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini;
pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan, bajarilayotgan ish natijalarining yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qo‘yadigan yoxud ishni belgilangan muddatda nihoyasiga yetkazish mumkin bo‘lmaydigan qilib qo‘yadigan boshqa holatlarni.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirmagan yoki ogohlantirishga javob olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tishini, bunday muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, oqilona muddat o‘tishini kutmasdan yoxud buyurtmachi ishni to‘xtatib turish to‘g‘risida o‘z vaqtida ko‘rsatma bergan bo‘lishiga qaramasdan ishni davom ettiravergan pudratchi buyurtmachi unga yoki pudratchi buyurtmachiga tegishli talablar qo‘yganida mazkur holatlarni vaj qilib keltirishga haqli emas.
Agar buyurtmachi pudratchining ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va asosli ogohlantirganiga qaramasdan, oqilona muddatda yaroqsiz yoki sifatsiz materialni almashtirmasa, ishni bajarish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘zgartirmasa yoxud ishning yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qo‘yadigan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rmasa, pudratchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling