Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet109/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   324
647-modda. Ishning sifati
Oldingi tahrirga qarang.
Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar bo‘lmaganida yoki to‘liq bo‘lmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qo‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bajarilgan ish natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada ko‘rsatilgan yoki odatda qo‘yiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lishi va oqilona muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan bo‘lmasa, bunday turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli bo‘lishi kerak.
(647-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishga qo‘yiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart.
(647-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat shartnomasi asosida o‘z zimmasiga olishi mumkin.
648-modda. Ishning sifatiga kafolat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan bo‘lsa, pudratchi butun kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 647-moddasining birinchi qismi talablariga mos keladigan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi shart.
(648-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishlar natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli bo‘ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling