Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ilmiy-tekshirish ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib bo‘lmaslik oqibatlari


Download 1.93 Mb.
bet129/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   324
699-modda. Ilmiy-tekshirish ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib bo‘lmaslik oqibatlari
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar oqibatida natijaga erishish mumkin emasligi ma’lum bo‘lsa, buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo‘lmasligi aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini to‘lashi shart, ammo bu qiymat shartnomada ko‘rsatilgan ishlar bahosining tegishli qismidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
700-modda. Tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib bo‘lmaslik oqibatlari
Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida pudratchi aybdor bo‘lmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘lsa, buyurtmachi pudratchining xarajatlarini to‘lashi shart.
701-modda. Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi
Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida o‘zining aybi yo‘qligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko‘rgan real zararini pudratchi qoplashi shart.
702-modda. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalarini huquqiy tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi munosabatlar ushbu Kodeks bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari to‘g‘risidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
(702-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling