Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Chek bo‘yicha pul to‘lash


Download 1.93 Mb.
bet169/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   324
809-modda. Chek bo‘yicha pul to‘lash
Chek bo‘yicha pul chek beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chek qonunchilikda belgilab qo‘yilgan muddatda to‘lovga taqdim etilgan taqdirdagina u bo‘yicha pul to‘lanadi.
(809-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chek bo‘yicha pul to‘lagan shaxs chekning to‘lov olinganligi haqidagi tilxat bilan birga o‘ziga berilishini talab qilishga haqli.
810-modda. Chek bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxsga berish
Chek bo‘yicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaxsga beriladi.
Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
O‘tkazma chekda pul to‘lovchiga qilingan indossament to‘lovni olganlik uchun tilxat kuchiga ega bo‘ladi.
To‘lovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas.
Agar indossament bo‘yicha olingan o‘tkazma chekka ega bo‘lgan shaxs o‘zining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u o‘tkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.
811-modda. To‘lov kafolati (aval)
Chek bo‘yicha to‘lov kafolat (aval) vositasida to‘la yoki qisman kafolatlanishi mumkin.
Avalni to‘lovchidan boshqa har qanday shaxs berishi mumkin.
Aval chekning old tomoniga yoki qo‘shimcha varaqqa “aval deb hisoblansin” degan yozuv bilan va u kim tomonidan hamda kim uchun berilganini ko‘rsatgan holda qo‘yiladi. Agar aval kim uchun berilganligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi.
Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan eri) va ustxat yozilgan sana ko‘rsatiladi.
Avalchi u avalni kim uchun bergan bo‘lsa, o‘sha shaxs singari javobgar bo‘ladi.
Agar avalchi kafolatlagan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga ko‘ra haqiqiy bo‘lmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy bo‘laveradi.
Chek bo‘yicha pul to‘lagan avalchi u kafolat bergan shaxsga nisbatan ham, bu shaxs oldida majburiyati bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qo‘lga kiritadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling