Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-§. Tovar omborida omonat saqlash


Download 1.93 Mb.
bet205/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   324
3-§. Tovar omborida omonat saqlash
901-modda. Tovar ombori
Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
902-modda. Umumiy foydalanishdagi tovar ombori
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikka muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin bo‘lgan omborlar jumlasiga kiritilgan bo‘lmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi.
(902-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Umumiy foydalanishdagi tovar ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat saqlash shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
903-modda. Omborda omonat saqlash shartnomasi
Omborda omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o‘ziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to‘liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi.
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasini tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
904-modda. Ashyolarni tasarruf qilish huquqi bilan saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikdan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori o‘ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etishi mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga ushbu Kodeks 41-bobining qoidalari qo‘llanadi, biroq tovarlarni qaytarib berish vaqti va joyi ushbu bobning qoidalari bilan belgilanadi.
(904-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling