Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash


Download 1.93 Mb.
bet253/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   324
1009-modda. Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega:
marhumning qaramog‘ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;
marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandi;
mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, marhumning qaramog‘ida bo‘lgan uning o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yoxud ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan bo‘lsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga ko‘ra salomatligi bo‘yicha boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi;
marhumning qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan shaxslar.
Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa a’zosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.
Zarar quyidagilarga to‘lanadi:
voyaga yetmaganlarga — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar;
o‘n sakkiz yoshdan oshgan o‘quvchilarga — o‘quvning kunduzgi shaklida o‘qishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha;
ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
(1009-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini ular o‘n to‘rt yoshga to‘lgunga qadar parvarishlashda band bo‘lgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa a’zosiga.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 331-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling