Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Boquvchisi vafot etgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash miqdori


Download 1.93 Mb.
bet254/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   324
1010-modda. Boquvchisi vafot etgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash miqdori
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari bo‘yicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular o‘z ta’minoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod ta’minot va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar kiritiladi.
Zararning o‘rnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
boquvchining vafotidan keyin farzand tug‘ilishi;
vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan shaxslarga haq to‘lashni tayinlash yoki uni to‘xtatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini ko‘paytirish nazarda tutilishi mumkin.
(1010-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1011-modda. Zarar yetkazgan shaxsning merosxo‘rlari tomonidan zararning qoplanishi
Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlariga o‘tadi. Merosxo‘rlar jabrlanuvchining oldida o‘zlariga meros bo‘lib o‘tgan mol-mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Vorissiz mol-mulk o‘ziga o‘tgan davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ham ana shunday asoslarda javobgar bo‘ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling