Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ijarachiga mol-mulkni topshirish


Download 1.93 Mb.
bet75/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   324
560-modda. Ijarachiga mol-mulkni topshirish
Prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirishi, shuningdek uni mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qo‘llanmani berishi shart.
561-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish
Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni ta’mirlash va transportda tashish xarajatlarini to‘laydi.
562-modda. Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi
Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yo‘la to‘lanadigan qat’iy summadagi to‘lovlar shaklida belgilanadi.
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi.
Mol-mulkdan foydalanganlik haqi bo‘yicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustxati asosida so‘zsiz undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati”ning 13-bandi.
563-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga beruvchining burchidir.
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qo‘yilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qo‘yishga va ularni xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi]

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling