Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovarning kafolat muddatini hisoblash


Download 1.93 Mb.
bet8/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   324
404-modda. Tovarning kafolat muddatini hisoblash
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Agar sotib oluvchi sotuvchiga bog‘liq bo‘lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining o‘tishi boshlanmaydi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o‘ta boshlaydi.
Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o‘ta boshlaydi.
405-modda. Tovarning yaroqlilik muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda, shu jumladan milliy standartlarda tovar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin.
(405-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday mo‘ljal bilan topshirishi kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lsin.
406-modda. Tovarning yaroqlilik muddatini hisoblash
Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan davr bilan yoki tovar foydalanish uchun yaroqli bo‘lib turadigan sana bilan belgilanadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling