Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovarning sifatini tekshirish


Download 1.93 Mb.
bet9/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   324
407-modda. Tovarning sifatini tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(407-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlarda tovarlarning sifatini nazorat qilishga nisbatan talablar belgilangan hollarda, sifat ulardagi ko‘rsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak.
(407-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi lozim bo‘lgan tovarni tekshirishning odatda qo‘llaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida yoki oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshiriladigan tovar sifatini tekshirish (sinash, tahlil qilish, ko‘zdan kechirish va hokazo) majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchining talabi bilan sotuvchi unga tovar sifati tekshirilganligining isbotini taqdim qilishi lozim.
(407-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan tovarning sifatini tekshirish aynan bir xil shartlarda amalga oshirilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlash Qoidalari”.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling