Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini o’tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo’lib, ular davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko’ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |