Fuqarolik jamiyati o’zining rang-barangligi, turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Unda turfa ko’rinishdagi ma‘rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatishi mumkin. Keng ko’lamda rivoj topgan jamoat birlashmalari tizimining mavjudligi - fuqarolik jamiyatining muhim sifat belgilaridan biridir. Bunday ijtimoiy institutlar vositasida fuqarolar o’zlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va turmushning boshqa sohalaridagi ehtiyoj hamda manfaatlarini qondirish va himoyalash, umumiy muammolarni birgalikda hal etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |