Фурқат тумани хтмфмттэбга қарашли 1-умумий ўрта таълим мактабида
Download 74.5 Kb.
|
ноябр ота-оналар
Yig’ilish qaror qiladi:
Maktab o’quvchilarini yagona o’quvchilar formasida bo’lishlari ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. Maktab o’quvchilari o’rtasida kiyinish madaniyatini rivojlantirish sinf rahbarlari, ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. O’quvchilarni maktabga kelib-ketishlarini, to’liq davomatini ta’minlash ota-onalar zimmasiga yuklatilsin. O’quvchilarning onlayn va an’anaviy darslardagi davomatini nazorat etish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. Har bir o’quvchining kun tartibini ishlab chiqish ota-ona va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin. Maktab o’quvchilarini “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli buyrug‘iga rioya qilishlari borasida tushuntirish ishlarini olib borish ota-onalar va o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qarorlarning bajarilishini nazorat etish ota-onalar qo’mitasi a’zolari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Yu.Normatova so’zga chiqib, mobil telefon haqida o’z fikrlarini bildirdi. SHiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi davrda hayotimizni mobil telefonlarisiz tasavvur qilish qiyin. U deyarli har bir insonning beminnat dastyori, yoshlarimizning ermagiga aylanib ulgurdi. To’g’ri, uyali telefonning foydali va qulay tomonlari juda ko’p. U orqali kundalik faoliyatimizda zarur bo’lgan yumushlarni tez bitirishimiz, olis-yaqindagi yangiliklardan bir zumda xabardor bo’lishimiz mumkin. Ammo har qanday yaxshi narsaning bir yomon jihati bo’lgani kabi, uyali telefonlarning ham zararli tomonlari bor. Mobil telefonlar yildan yil takomillashib, boshqa bir necha texnik jihozlarning imkoniyatlarini o’zining mitti jussasiga jamlab oldi. Misol uchun, mobil telefonlariga fleshkartalar joylashtirish, unda videoroliklar tomosha qilish, radio eshitish, turli ko’ngilochar o’yinlar o’ynash va Internet tarmog’iga hech qanday muammasiz kirish mumkin. Bu ham qaysidir ma’noda yaxshi albatta. Lekin uyali telefondan faqat aloqa uchungina foydalanish insonga foyda keltirishi, qolganlari esa aksincha, zararli ekanini hayotning o’zi isbotlab berdi. Mobil telefonlar kundalik hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurganini hisobga olsak, endi undan voz kechishning iloji yo’q. Lekin yoshlarimizga undan me’yorida foydalanish kerakligini tushuntirish, u orqali kelayotgan ma’naviy tahdidlarning yo’lini to’sish eng dolzarb vazifamizga aylandi. 2012 yil 21 mayida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish to’g’risida”gi qaror hamda shu qaror bilan tasdiqlangan Nizom bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan bo’lgan qator chora-tadbirlarni belgilashda o’ziga xos dasturilamal vazifasini o’taydi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Nizomga ko’ra, ta’lim muassasasiga kirib kelgan o’quvchi-talaba, xodim va boshqa toifa vakillari telefonni “ovozsiz” rejimga o’tkazishi shart. Dars va mashg’ulotlari hamda tadbirlarda uni mutlaqo o’chirib qo’yishi lozim. D.Tulaboeva o’z so’zida maktabning ichki tartib-qoidasiga asosan maktabda o’quvchilarni mobilь telefonni olib kelish umuman taqiqlanishi haqida ta’kidlab o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan psixolog S.Asqarova, ota-onalardan G.Qosimovalar telefonning bola psixologiyasiga, sog’ligiga zarari haqida o’z fikrlarini bildirdilar. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling