Фурқат тумани хтмфмттэбга қарашли 1-умумий ўрта таълим мактабида


Download 74.5 Kb.
bet3/3
Sana24.02.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1227391
1   2   3
Bog'liq
ноябр ота-оналар

Yig’ilish qaror qiladi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish to’g’risida”gi qarori mazmun mohiyati o’quvchilarga yana bir tushuntirib borilsin.

  2. O’quvchilar o’rtasida mobil telefonning zarari to’g’risida tushuntirish ishlari jonlantirilsin.

  3. O’quvchilarni darslar, mashg’ulotlar vaqtida telefondan foydalanmasliklarini nazorat etish barcha o’qituvchilar va ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

  4. Ushbu qarorlarni bajarilishini nazorat etish MMIBDO’ Yu.Normatova zimmasiga yuklatilsin.

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan profilaktika inspektori A.Qambarov so’zga chiqdi. Bugungi kunda yoshlarga oid masalalar davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Yoshlarning yuksak ma’naviyatli, intellektual rivojlangan bo’lishida nafaqat oila,balki mahalla, ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari mas’ul ekanliklari alohida belgilab qo’yildi.


Yoshlarimizning iqtidor va iste’dodlarini rivojlantirish bilan birga ular o’rtasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarni ham bartaraf etish, kelajak va bugungi kunning farovon kechishini begilaydigan asosiy shartlaridan biridir.Ayrim yoshlarning ijtimoiy, ma’naviy, moddiy va ruhiy ahvoli, oilada yaxshi tarbiya olmayotgan tufayli ba’zi muammolar yuzaga chiqmoqda, yoshlar o’zlari bilgan va bilmagan holatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qo’l urishmoqda.
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biriga aylanib borayotgan Internet tizimining barqaror rivojlanganligi va axborot xuruji bilan bog’liq masalalar.CHunki Internet orqali yoshlarimiz boshqa bir mamlakatdagi jinoyatchining qilgan ishlari, behayo videoroliklarni tomosha qilishi, turli diniy-ekstremistik saytlarga kirib qolishi, shavqatsiz urushlar va o’limlarni ko’z qoqmay kuzatib o’tirishimumkinligi,uning ongiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatib,pirovardida, jamiyatimiz va mamlakatimiz buguni va kelajagi uchun katta xavf solmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi Qonunini amalga tadbiq etish yuzasidan ichki ishlar idoralari tomonidan mashg’ulotlar vaqtida maktabga bormayotgan , surunkali dars qoldiruvchi o’quvchilarni aniqlash, ularni ta’limga qaytarish maqsadida mutassadi vazirliklar, ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlikda “Davomat”, “O’quvchi”, “Tig’” reydlarini tashkil etilganligidan barcha o’quvchilar xabardor ekanligini eslatib o’tdi.
Reyd davomida o’quvchilarning dars vaqtida mashg’ulotlarga qatnashmay, ko’cha-kuyda daydilik, , bozorlarda aravakashlik,savdo-sotiq ,transport vositalarida chiptachilik, masjidda nomoz o’qish, dars vaqtida komьyuter o’yinlari bilan shug’ullanib yurgan o’quvchilarni aniqlash va ularni darsga qatnashmaslik sabablarini aniqlash, darsga jalb qilish ishlarini yo’lga qo’yish maqsad qilib olinganligini haqida o’quvchilarga gapirib o’tdi.
“Davomat”, “Tig’” tadbirlarini o’tkazilayotganligi munosabati bilan muntazam o’quv mashg’ulotlarini qoldirib kelayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularni o’qishga borishlariga to’sqinlik qilayotgan ota-onalariga O’z.Res.MJtKning 47-moddasi tartibida keskin choralar ko’rilishi haqida tushuntirib o’tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:



  1. Profilaktika inspektori A.Qambarovning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Maktab o’quvchilari o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida targ’ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilsin.

  3. Maktab o’quvchilari o’rtasida aravakashlik, tilanchilik, savdo-sotiq bilan shug’ullanish, chiptachilik, daydilik, masjidda nomoz o’qish holatlarini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish sinf rahbarlari, ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

  4. Maktab o’quvchilarini juma nomozlarga qatnashishini oldini olish maqsadida juma kunlari navbatchi-o’qituvchilarni tayinlash ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklatilsin.

  5. Maktab o’quvchilarini nazoratsiz qolishlarini oldini olish bo’yicha maktabda turli tadbirlar, suhbatlar, uchrashuvlar tashkil etish Yoshlar yetakchisi S/Isaqova zimmasiga yuklatilsin.

  6. Maktab o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan, sport va ijodiy to’garaklarga jalb etishda ota-onalar mas’uliyati kuchaytirilsin

  7. O’quvchi-yoshlar o’rtasida sport musobaqalari tashkil etish jismoniy tarbiya o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.

  8. Maktab o‘quvchilarini davomatini nazorat etish, nazoratsiz qolishlarini oldini olish maqsadida ta’lim muassasasi, IIB, MFY xodimlari, ota-onalar bilan hamkorlik ishlari kuchaytirilsin.

  9. Ushbu qarorlarni bajarilishini nazorat etish MMIBDO‘ Yu.Normatova va ota-onalar qo‘mitasi raisi V.Haydarovalar zimmasiga yuklatilsin

Yig’ilish raisi: V.Haydarova
Kotiba: G.Karimova
Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling