Фуркат indd
FUZULIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Furqat. Ishqingda kuyib jono (2021)
FUZULIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Jon aro shakli alif ra’no niholing sadqasi, Nutqiming ma’nosi ul shakkar maqoling sadqasi, Yuz ko‘ngul bir ko‘nglunga kechmish xayoling sadqasi. Ko‘z qarosi ashki gulgunimda xoling sadqasi, Ashki gulgunim guli ruxsori oling sadqasi. Hajr aro kuydim butun boshdin-ayog‘ uryon tanim, Ban junun sahrosini(ng) majnuniyam, uryon tanim, Ishq o‘ti ta’siridinmu o‘lg‘udek so‘zon tanim, Dudi ohimdin qarormish zor-u sargardon tanim, Otashin ruxsor-u mushkini hiloling sadqasi. Hech otash tez emaz ushshoq chekmish ohtak, So‘z hech dilso‘z emas bu nolai jonkohtak, Et gadolar holina lutf-u tarahhum shohtak, Shavqi vasling yonduran noqis vujudim mohtak, Zarra-zarra oftobi bezavoling sadqasi. G‘ayr gar versa hayoti Nuh qilmam tarbiyat, Tilki ermaz zikringa mashruh qilmam tarbiyat, www.ziyouz.com kutubxonasi Zokirjon Furqat 104 Yodinga dil o‘lmasa maftuh qilmam tarbiyat, Oshyoni tanda murg‘i ruh qilmam tarbiyat, O‘lmasa parvonavash sham’i jamoling sadqasi. Jon fidodur dardingakim, tan ani tortolmadi, Zo‘rayur tobora garchi dilda toqat qolmadi, Charxkim, boshimg‘a juz savdoyi hajring solmadi, Hajringa jonim fido o‘lsunki, jonim olmadi, Etdim oxir mujdai zavqi visoling sadqasi. Yerda oqdi suv o‘lub ko‘zlar yo‘lingda termula, Bir kelib, bu intizoring, holini so‘rsang no‘la, Baytulahzon ayladim Ya’qubtak barpo bo‘la, Yusufi gumgashta kimdurki sango monand o‘la Yuz anga monand husni bemisoling sadqasi. Shayxi noqis xonaqohina qadam qo‘ymoq hamon, Nuqs ko‘nglungg‘a yetib, joningg‘a aylaydi ziyon, Maskan etdim, Furqatiy, mayxonadur dorulamon, Afv edar xizmatda har nuqsonimiz piri mug‘on, Ey Fuzuliy, jonimiz ahli kamoling sadqasi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling