Furqat tumani xtbga qarashli 6 umumiy o’rta ta’lim maktabida noyabr oyida amalga oshirilgan
Download 29.5 Kb.
|
6-maktab psixolog xisobot
Furqat tumani XTBga qarashli 6 - umumiy o’rta ta’lim maktabida NOYABR oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan H I S O B OT Maktabda 2020- yilning noyabr oyida o`quvchilarni kasb - hunarga yo’naltirish boyicha qator amaliy ishlar tashkil qilindi . Jumladan 12-noyabr kuni maktabda ‘’KASBLAR oyligiva odam-texnika ‘’ oyligi munosabati bilan barcha sinflarga topshiriqlar mavzular e’lon qilib chiqildi .Maktabning kirish qismiga kasblar oyligi ko’rgazmasi tashkil etildi ,rasmlar qo’yildi . O’quvchilarni kasb –hunarga to’g’ri yo’naltirish maqsadida kasbiy konsultatsiyalar ,psixologik suxbatlar o’tkazildi. Bitiruvchi sinf o’quvchilarini kasb –hunar maktablari ,hunarmandlar ustaxonalari ,kollej ,va texnikumlar oliy ta’lim muassasalari haqida kerakli ma’lumotlar berildi .Ushbu ma’lumotlar o’quvchilarning kelajagi uchun muhim qaror qabul qilishiga asos bo’lib xizmat qiladi desam mubolag’a bo’lmaydi.Bolalar kasb tanlashi uchun ko’p ikkilanadilar ularga yaqindan ko’mak berish uchun shunday tadbirlar va suhbat tavsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.Kasbim –kelajagim mavzusida onlayn testlar 7-11-sinf o’quvchilaridan olindi.7-sinf o’quvchilari o’rtasida ‘’Kasbim –faxrim’’mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.10-11-sinf o’quvchilari bilan tumandagi KHM,texnikum va avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish ustaxonalariga ekskursiyalar,sayohatlar uyushtirildi.Sayohat paytida o’quvchilar o’zini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi. 7-8-sinflar o’rtasida haydovchilik, muhandis quruvchi, avtomabillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi, uchuvchi, kompyuter dasturlovchi kabi kasblar haqida ma’lumotlar berildi. Davra suhbatlari o’tkazildi. Ushbu kasb egalari haqida ularning kasbida uchraydigan muammolar, qiyinchilik, kamchilik va yutuqlar to’g’risida to’liq ma’lumotlar berildi. Psixologik treninglar o’tkazildi. 11-sinflar o’rtasida Zamonaviy mehnat bozori. O’zingiz uchun kasbni qanday tanlash kerak mavzusida ochiq muloqot va muzokaralar o’tkazildi.7-11-sinf o’quvchilari bilan to’g’ri kasb tanlash tanlangan kasbining kelajakdagi nufuzi jamiyatdagi o’rni kabi mavzularda individual psixologik suhbatlar olib borildi. Ushbu kasb-texnika oyligi davrida tashkil etilgan amaliy ishlar yosh avlodni kelajakda ma’naviy yetuk ruhan barkamol bo’lishiga komil inson bo’lib o’zi uchun kerakli va unumli kasbni to’g’ri tanlashiga ,qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. O’sib kelayotgan yosh avlodni qiziqishi va iqtidori kasb tanlashi uchun yetakchi bo’lishini tushunib yetdilar. Maktab psixologlari: Z.Sayfiddinova U.Dehqonova Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling