Futbol o'yini va taktikasini o'rgatish Reja


Download 0.98 Mb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1254105
  1   2   3   4
Bog'liq
Futbol o\'yini texnikasi va taktikasini o\'rgatish


Futbol o'yini va taktikasini o'rgatish
Reja:

1.Futbol o’yini paydo bo’lishi va qoidalarini shakllanishi


2 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
3 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining o’rgatish metodikasi.
4. Futbol o’yinida to’pni boshqarishni o’rgatish metodikasi


Futbol – haqiqiy atletik o‘yindir. U tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va sakrovchanlik kabi xususiyat-larning rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin davomida futbolchi o‘ta yuqori yuklamadgi ishni bajaradi va bu narsa, o‘z navbatida, insonning funksional imkoniyatlari darajasini oshiradi aqliy-irodaviy sifatlarni tarbiya-laydi.
O‘zbekistonda futbol jismoniy tarbiya vositasi sifatida tarqalgan. Futbol bilan maktab, kollej, institut, ishla b chiqrish tashkilotlari va armiyada shug‘ullanishadi.
O‘yin jamoaviy kurashning murakkab vaziyatida o‘tadi. Bunda har bir jamoa eng yaxshi natijaga erishish uchun barcha bilim va imkoniyatlarini ishga soladi. O‘yin negizida o‘yinchilari yagona g‘alaba maqsadida birlashgan ikki jamoaning kurashi yotadi. Futbol o‘yini davomida har bir o‘yinchi o‘zining shaxsiy fazilat (sifat)larini ko‘rsatish imkoniyatiga ega, lekin shu bilan bir qatorda o‘yin har bir futbolchining shaxsiy intilishlarining umumiy maqsadga bo‘ysunishini talab etadi.
Futbolchi texnik usullarni mukammal darajada bilishi, murakkab o‘yin vaziyatlari texnik usullarni qo‘llay olishi va jamoaning barcha a’zolari bilan kelishgan holda harakat qilishi lozim.
Mutaxassislarimiz tadqiqotlari bizga o‘yinchilar-ning to‘p bilan va to‘psiz harakatlarining hajmi va xususiyati haqida ma’lumot olishga imkon berdi.
Aniqlandiki:
– o‘yinning sof vaqti 60-65 daqiqani tashkil etadi.
– 90 daqiqa o‘yin davomida bir o‘yinchi 12-15 km maosfani chopib o‘tadi. Bundan 1000-2000 m masofani maydonda tezkorlik bilan harakatlanadi.
– to‘p o‘rta qator o‘yinchilari eng ko‘p (170 soniya), markaziy himoyachilar eng kam (130 soniya) olib yuradilar.
Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda xilma-xil tarzda uyg‘unlashtirib qo‘llaniladigan maxsus usullar to‘plami futbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llay bilishga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va mutanosib kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir.
MAYDON O’YINCHISINING TEXNIKASI

Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir.


Maydon o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.
To’pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhsi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda bajariladigan spetsifik usul – yon chiziqning narigi yog’idan to’pni tashlab berish ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi.
O’yin vaqtida qaysi usulning qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi funktsiyalariga bog’-liq. Usullarni ijro etish sifati esa maydon o’yin-chilarining hammasida yuksak darajada bo’lishi kerak.

TO’PGA ZARBA BERISH


To’pga zarba berish futbol o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi.


Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo’lib, bu to’pning kerakli traektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal tezligi bilan xarakterlanadi. To’pning uchish tezligi zarba beruvchi bo’g’in bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich tezligiga, shuningdek, ular massasining bir-biriga nisbatiga bog’liq. O’zaro ta’sir etuvchi bo’g’inlarning massasi nisbatan muhim bo’lgani sababli to’pning uchish tezligini oshirish uchun zarba beruvchi bo’g’in tezligini oshirishi kerak bo’ladi.
To’pga oyoq bilan zarba berish
To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, o’rta va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz to’rgan to’pga, shuningdek turli yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan, harakat vaqtida, sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.
Oyoq bilan to’p tepish yo’llari juda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ular texnikasini tizimli tuzilishi jihatidan tahlil qilish ko’p usullar uchun umumiy bo’lgan

2-rasm. To’pga zarba berish usullari tasnifi




Oyoq kaftining ichki tomni bilan zarba berish


Oyoq yuzining ichki qismi bilan zarba berish


Oyoq yuzining o’rta qismi bilan zarba berish


Oyoq yuzining tashqi qismi bilan zarba berish


Oyoq uchi bilan zarba berish


Tovon bilan zarba berish

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling