Futbol o'yinida harakatlanish texnikasi mundarija kirish i-bob sportda murabbiylik faoliyatining psixologik tadqiq etilishi


Download 194 Kb.
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi194 Kb.
#1289821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FUTBOL O\'YINIDA HARAKATLANISH TEXNIKASI

Kurs ishining maqsadi. Jismoniy tarbiya Murabbiysi va sport murabbiyi faoliyatining psixologik xarakteristikasini о‘rganishdan iborat
Kurs ishining predmeti. Pedagogik faoliyatda jismoniy tarbiya Murabbiysi va murabbiyi faoliyatining psixologik xarakteristikasini dalillash jarayoni.
kurs ishining vazifalari:
1. Tanlangan muammoga doir ilmiy adabiyotlardan ma’lumotlar yig‘ish, jurnallarni tahlil etish va nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish;
2. Epirik tadqiqot olib borish uchun metodikalar tanlash;
3. Murabbiy va murabbiylar faoliyati psixologik profilini ishlab chiqish;
4. Jismoniy tarbiya Murabbiysi va sport murabbiyi faoliyatini psixologik xarakteristikasi bо‘yicha bо‘yicha empirik tadqiqot olib borish;
5. Olingan test natijalari bо‘yicha miqdor va sifat tahlilini amalga oshirish;
6. Ilmiy ish xulosasiga kо‘ra tavsiyalar ishlab chiqish;
7. Sport murabbiyi va jismoniy tarbiya Murabbiysi faoliyatini tadqiq etish testlari tizimini ishlab chiqish.
I- BOB.SPORTDA MURABBIYLIK FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TADQIQ ETILISHI
1.1. Sport faoliyati va uning turlari xarakteristikasi
Jismoniy tarbiya va sport psixologisi psixologik fanning sohasi sifatida jismoniy tarbiya va sportning maxsus sharoitlarida faoliyat yurituvchi shaxs psixologiyasining, psixik sifatlarining shakllanishi, rivojlanishi va namoyo bо‘lishi qonuniyatlarini о‘rganadi.
Sport turlarining psixologik xarakteristikasi muammosi tobora dolzarb bshlib bormoqda, chunki inson psixikasining zahirasi – sport yutuqlarini oshirish va yuqori malakali sportchilar tayyorlash muddatlarining davomiyligini kamaytirish imkonini beradi.
Sport faoliyatini psixologik ta’minlash nazariyasi va amaliyoti psixikani rivojlantirishning, psixologik testlar qо‘llashning istiqbolli modellarini taklif etadi. Afsuski bugungi kunga kelib sport turlari klassifikatsiyasining umumqabul qilingan variantlari yо‘q. Vatanimizda va chet ellarda ishlab chiqilgan variantlar mavjud sport turlarining yarmini ham о‘z ichiga qamrab olmagan, musobaqa amplualari va mashqlarigacha esa hali navbat kelmagan ham. Sport psixologiyasida sport turlari psixologik xarakteristikasining muammosini hal qilishda bir ma’nodagi yondashuv shakllanmagan. Qо‘llanilayotgan yondashuvlardan ikkitasini ajratish mumkin: empirik va nazariy.
Empirik yondashuv Amerika va G‘arbiy Yevropa sport psixologiyasida keng qabul qilingan. U u yoki bu sport turlari vakillariga xos bо‘lgan turg‘un shaxslilik xususiyatlarini ajratishni taqozo etadi. Bunday xarakteristikalarga motivatsiya, aktivatsiya, agressiya, bezovtalanish, muloqotmandlik, emotsional turg‘unlik, intellekt, antitsipatsiya va boshqalarni kiritish mumkin.
Bu xarakteristikalarga qurilgan ma’lum shaxs profili tadqiqotchilar fikricha, (A.S.Puni, 2002, A.L.Popov,2000) maxsus bо‘lmagan guruh profilidan farqlanishi kerak, xarakteristikalarning о‘zi esa mazkur sport turlari bilan shuhullanish uchun rivojlanish tendensiyasiga ega bо‘lishi kerak.
Mutaxassislarga shuningdek, turli sport vakillarining psixik tafovutlari ham ma’lum. Sport turlarining psixologik xarakteristikasini tuzishga nazariy yondashuv esa odatda 2 yoki undan ortiq omillarni о‘rnatishdan iborat, bu omillar sport turlarini mashg‘ulotlar davrida psixik qiyinchiliklarni yengish zarurati darajasiga qarab ajratish, taqqoslash imkonini beradi. Shunday klassifikatsiyalardan biri T.T.Djamgarov tomonidan taqdim etilgan. Bunda qarama-qarshilik xarakteri( bevosita yoki bavosita), raqib bilan kontakt xarakteri (qattiq jismoniy, jismoniy, shartli jismoniy, jismoniy kontaktning mavjud emasligi), shuningdek, partnerlar bilan va raqiblar bilan о‘zaro ta’sir (birgalikda о‘zaro ta’sir, individual harakatlar, birgalikdagig‘sinregik harakatlar) hisobga olinadi.
Sport turlari uchun maxsus shaxslilik xususiyatlarini aniqlash bilan A.L.Popov ham shug‘ullangan. U faoliyatning psixologik nazariyasi asosiy tushunchalarini о‘z ishiga kiritadi. Faoliyat tuzilmasiga mos ravishda u sport turlari psixologik xarakteristikasida uchta omilni ajratib kо‘rsatadi:
A) Sportchi faoliyati asosida yotgan motivlar omili;
B) konret musobaqa mashqlarida maxsus harakatlarni aniqlovchi maqsadlar omili, bunda asosiy maqsad sport natijasiga erishish hisoblanadi.;
V) Psixikaga qо‘yiladigan talablarning kо‘p sonli guruhini tashkil etuvchi shart-sharoitlar omili.
Sport psixologiyasida basketbolchilar, futbolchilar, xokkeychilar, yengil atletikachilar psixologik xususiyatlari birg‘biridan tafovutlanishi keng yoritilgan. Jumladan A.G.Abalyan, R.K.Malinauskas tadqiqotlarida ham turli sport sohalari vakillarining psixofiziologik xususiyatlari aniqlangan. A.G.Abalyan futbolchilar va kurashchilarning sensomotor reaksiyalari, xotira kо‘lami bir-biridan tafovutlanishini kо‘rsatib о‘tgan. R.K.Malinauskas ishlarida yengil atletikachilar va basketbolchilar xarakter xususiyatlari о‘rganilgan. Shu narsa aniqlanganki, basketbolchilar yengil atletikachilarga nisbatan muloqatmandroq ekanlar, basketbolchilar quvnoqroq, emotsional holatlarini aniqroq ifodalaydigan, diqqatlari yaxshi, yengil atletikachilarga nisbatan ancha hamjihat ekanlar, lekin shu bilan birga ular nevrotik jihatdan tez charchab qolishlari, qо‘zg‘aluvchanliklari, noturg‘unliklari aniqlangan. Ma’lum bо‘lishicha, basketbolchilar intellektual jihatdan ham yengil atletikachilardan ustun ekanlar, ularda о‘qishga qobiliyat kuchli ekan.
Shunday qilib, tadqiqotlar shuni kqrsatadiki, turli sport sohalari vakillarining psixologik xususiyatlari birg‘biridan farqlanar ekan. Lekin bu boradagi tadqiqotlar ba’zi bir olilar tomonidan inkor etilgan holatlar ham mavjud. Bu muammo hali о‘z yechimini kutmoqda.
Inson shaxsining faolligi uning extiyojlari bilan belgilanadi. Extiyojlar xayvonlarda Ham bor. Ammo Hayvonlarda faQat biologik, tug‘ma extiyojlar bО‘ladi ovQatlanish, saQlanish, nasl Qoldirish etiyojlari bor, xolos. Odamda esa biologik etiyojlardan tashqari yana yuksak eHtiyojlar - bilish extiyojarlari, ma’naviy, estetik mexnat extiyojarlari va boshqa shu kabi extiyojlar bor.
Bu extiyojlar tug‘ma emas ular tarixan taraQQiy etgan. Bu extiyojlar odamning faolligini belgilaydi. QiziQish - kishining О‘z Hayotidan dunyoda ma’lum bir narsani eng muHim, eng Qimmatli Hisoblab, shu narsaga erishmoQ uchun intilishdir. Dunyoqarash - odamning tabiat va jamiyatidagi Hodisalarga Qarashli tasavvurlari va tushunchalari tizimidir. Dunyoqarash shaxsning ma’lum ijtimoiy tuzumda, konkret faoliyati jarayonida vujudga keladi. Qobiliyat kishining muayyan faoliyatiga bО‘lgan layoqatidir. Har bir odamning Qobiliyati taraQQiyot maxsulotidir. Kishining Qobiliyati uning tug‘ma layohati asosida, muHitga bog‘liQ ravishda olayotgan ta’lim tarbiyasiga Qarab, shuningdek kishining О‘z ustida ishlashi bilan bog‘liQ Holda, О‘sib, kamol topib boradi. Temperament va xarakter shaxsning ijtimoiy munosabatlarda yaqQol kО‘rinadigan xususiyatidir.
Temperament, psixologik jiHatidan olganda, kishining Hissiyotining kО‘zg‘allishtirishida va kishidagi umumiy Harakatchanlikda kО‘rinadigan individual xususiyatdir. Xarakter deganda shaxsda muHim va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak -atrofidagi olamga (boshqa kishilarga, mexnatga, buyumlarga) О‘z-О‘ziga bО‘lgan munosabatlarida namoyon bО‘ladigan individual xususiyatlarini tushiniladi.

Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling