Futbol o'yinida harakatlanish texnikasi mundarija kirish i-bob sportda murabbiylik faoliyatining psixologik tadqiq etilishi
Sport murabbiyi –Murabbiylar natijalarining umunazorat tahlili
Download 194 Kb.
|
FUTBOL O\'YINIDA HARAKATLANISH TEXNIKASI
2.2. Sport murabbiyi –Murabbiylar natijalarining umunazorat tahlili.
9 ta Murabbiy potensial va yana 9 ta Murabbiy ekstravert psixologik tipga mansub bо‘lib, ularning oriyentatsiyasi kо‘proq tashqi muhitga yо‘naltirilgan. Kо‘pgina kuzatishlar asosida shu aniqlandiki, ekstravertlarga muloqotmandlik hos, biroq ular impulsiv. Egiluvchan hulq –atvorga yega, initsiativlik ularda kuchliroq, ammo, sabotlilik va matonatlilik nisbatan kamroq. Ijtimoiy adaptatsiyasi yuqori. Bu Murabbiylarda о‘ylagan fiklarini ochiq aytish, va yuqorida ta’kidlanganidek tashqi tomondan beriladigan baxolashga e’tiborlari kuchli. Yana bir jihat aniqlandiki bu Murabbiylarga tez qaror qabul qilinadigan faoliyatlar kо‘proq ma’qul. 9 sinaluvchi ambivert kо‘rsatkichini berdi. Demak ularda vaziyatga va individual psixologik oriyentatsiyasiga kо‘ra introvertlik ham, ekstravertlik ham hos. Neyrotizm shkalasiga kо‘ra 7 sinaluvchi diskordant va 8 sinaluvchi potensial diskordant kо‘rsatkichini berdi. Demak ularni nisbatan emotsional nostabil xarakteriga kiritishimiz mumkin. Ularda sezuvchanlik, emotsionallik kо‘proq. Havotirlanish va muvaffaqiyatsizliklarini qiyin о‘tkazishga moyildirlar, mayda asobbuzar vaziyatlarda ham kayfiyatlari tez о‘zgaradi. Qolgan sinaluvchilar normostetik, potensial konkordan va konkordant kо‘rsatkichlarni namoyon qilib, emotsional stabillik ularga hos ekanligini isbotladilar. Demak ular kuchli havotirlanishga moyil emas. Tashqi ta’sirlarga nisbatan bardoshliroq, ishonchli bо‘lishadi va liderlikka intilish ularda kuchliroq. Bu natijalarga asoslanib quyidagi xulosalarga keldik. Introvert –Murabbiylar vazmin, og‘ir, bosiqdirlar. Tinchlikni yoqtiradilar, har qanday harakatni ekstravert Murabbiylarga nisbatan о‘ylab va ratsional amalga oshirishga intiladilar. Biroq boshqa odamlar bilan kontakt о‘rnatishga qiynalganliklari sababli dо‘stlari doirasi keng emas. Va boshqalar bilan о‘zaro faoliyatda kyiyinchilik sezadilar. Introvert Murabbiylar etik meyorlarni va yuqori baholaydilar va shunga kо‘ra ularga qiynalmasdan amal qilishlari mumkin. Ushbu metodika ma’lumotlari va Murabbiylar bilan о‘tkazilgan suhbatlar, hamda sport faoliyati davomida kuzatishlar natijasida introvert Murabbiylarda о‘z-о‘zina nazorat qilish kо‘proq shakllanganligi aniqlandi. Bu Murabbiylar о‘z faolitlari davomida va musobaqa sharoitida ham rejalashtirib ish kо‘radilar, oniy qо‘zg‘alishlarga berilmaydilar, nimani va qanday bajarish kerakligi haqida avval о‘ylab kо‘rib bajaradilar. О‘zlarini majburlay olishadi va juda kam hollarda tashqi agressiyaga beriladi. Demak о‘z hissiyotlarini yashirib, о‘zlarini kuchli nazorat qila olishadi. Aynan shu murabbiylarning sport faoliyatida, trenirovka hamda musobaqalarda ham ijobiy natijaga erishishlari yuqori. Ekstravert Murabbiylar introvert Murabbiylarga nisbatan shartli reflekslarni ishlab chiqishlari qiyin, og‘riqlarga bardoshi kuchli, biroqsensor deprivatsiyaga bardosh berish darajasi past. Shuning natijasida monoton trenirovka va doimo bir xil ishlarni bajarishga chiday olishmaydi. Trenirovka vaqtida bunday mashqlar kо‘p hajmli bо‘lsa ular tez chalg‘iydilar. Ekstravert Murabbiylarga juda hos bо‘lgan holat ularning juda yaxshi muloqot qila olishlaridir.hamda tashqi muhitga tez moslashadilar. Hissiyotlari samimiy. О‘zlari boshqalarga nisbatan hayrixoh, xayotdan xursand, о‘zlariga ishonchlari kuchli, liderlikka kо‘proq intiladilar. Dо‘stlar doirasi ham keng. Tavakkal qilishni yoqtiradilar. Ammo, impulsiv bо‘lganliklari sababli о‘zlarini nazorat qilishlari kuchli emas. Sport faoliyatlarida о‘zlariga ishonchlari kuchliligi va kо‘p tavakkal qilishlari sababli natijalari yaxshi. Tez qaror qabul qiladilar. О‘zlarini kо‘p majburlashmaydi. Xulosa iilib aytganda sportda murabbiylar qо‘proq stress va bezovtalanish holatlarida mashqlantirish va musoboqalar jarayonida uchrashar ekanlar. Lekin ularda qiynchiliklarni yengish boshqa kishilarga nisbatan tezroq kechar ekan. XULOSA Kurs ishi yuzasidan olib borgan nazariy va amaliy izlanishimiz bizda quyidagi xulosalarni olib keldi. 1.Jismoniy tarbiya Murabbiysi va sport murabbiyi faoliyati xarakteristikasi uning psixologik qiyofasi, psixologik profili, individual xususiyatlari, shaxsning ijtimoiy sifatlari kabi komponentlar sport turlariga mos ravishda namoyon bо‘lar ekan. 2. Sport murabbiyi faoliyatini psixologik tahlil etish esa, trener shaxsi va uning faoliyati, Murabbiylik kasbi va uning psixo-pedagogik jihatlari, pedagogik profil, zamonaviy murabbiy kabi tushunchalar va ularning namoyon bо‘lish shakli tо‘g‘risidagi nazariy materiallarda о‘z aksini topadi deyish mumkin. 3. Sport murabbiyi faoliyatini tadqiq etishning hali metodik apparati tо‘la yetarli emasligi, bu borada atroqlicha ishlar qilish mumkinligi yaqqol namoyon bо‘ldi. 4. Murabbiy shaxsida kasbiy ma’suliyatni oshirish, fidoiylik sifatlarini shakllantirish ular faoliyatini rag‘batlantirish, toifalar berish kabi holatlarga ham bog‘liq sanalar ekan. Ular faoliyat kо‘rsatayotgan ta’lim muassasasi va murabbiylar birinchi о‘rindagi ta’sir kо‘rsatish omili sifatida xizmat qiladi. 5. Murabbiy va jismoniy tarbiya Murabbiysining faoliyatining samaradorligi, murabbiy-sportchi, sportchi va jamoa, sport va jamiyat, sport va davlat, sport va ta’lim munosabatining ijobiy yо‘lga qо‘yilganligi, maqsadning aniqligi, sog‘lom turmush tarziga intilish, sport mashg‘ulotlari va murabbiy bilan ishlash tizimi yaxshi yо‘lga qо‘yilgan holatlarda salbiy kо‘rinish olmas ekan. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling