Futbol o'yinida harakatlanish texnikasi mundarija kirish i-bob sportda murabbiylik faoliyatining psixologik tadqiq etilishi
Download 194 Kb.
|
FUTBOL O\'YINIDA HARAKATLANISH TEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
FUTBOL O'YINIDA HARAKATLANISH TEXNIKASI MUNDARIJA KIRISH I-BOB SPORTDA MURABBIYLIK FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TADQIQ ETILISHI. I.1. Sport faoliyati va uning turlari xarakteristikasi I.2. Murabbiy faoliyatining psixologik xarakteristikasi II-BOB. JISMONIY TARBIYA MURABBIYSI FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASINI EMPIRIK TADQIQ ETISH. 2.1 Jismoniy tarbiya murabbiysi faoliyatini tadqiq etishning metodik apparati 2.2 Sport murabbiyi –murabbiylar natijalarining umunazorat tahlili XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Kelajagi buyuk davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog‘liq. Oliy Majlisning 2-chaqiriq IX-sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’lim tо‘g‘risida qabul qilingan qarorlar ana shu maqsadlarga qaratilgan. О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritgach, mamlakatimizda ma’naviy jihatdan barkamol shaxslarni shakllantirish, ta’lim-tarbiya tizimini yuksaltirishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, ta’lim samaradorligini amalga oshirishda, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, talabalarni kasbiy shakllantirish har bir pedagog oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shuningdek, bu holat jismoniy tarbiya о‘qichuvchisi va murabbiylari faoliyatini ham chetlab о‘tmaydi. Sportda murabbiylik yoki Murabbiylik ijtimoiy jihatdan muhim sanalab, bunda nafaqat davlat taraqqiyoti balki yoshlarni ruhan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, sport orqali dunyoga tanilish, ilm-fan ravnaqi, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi masalalar mujassamdir. Shunday ekan, bugungi kun jismoniy tarbiya Murabbiysi yoki murabbiyi nafaqat sport faoliyati haqida shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni о‘zlashtirgan, kasbiy pedagogik mahoratga ega, ta’lim –tarbiya nazariyasining psixologik asoslarini mukammal egallagan, milliy istiqlol mafkurasi aosida kasbiy qurollangan, sport faoliyatining dolzarb masalalarini angalagan, sog‘lom turmush tarzi va qadriyatlarimizga mos hayot tarzini tushungan, zamonaviy axborot texnologiyalarini о‘zlashtirgan bо‘lishi shart sanaladi. Ayniqsa, hozirgi kunda sportda murabbiylik faoliyatining psixologik xarakteristikasini tadqiq etish о‘ta muhim masalalar sifatida kо‘rilmoqda. Murabbiylik faoliyatining psixologik tahlili sport faoliyatidagi bir qator kamchiliklarni shuningdek, sportda murabbiylik, sport va sog‘lom turmush tarzi, sportda pedagogik mahorat, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish mashqlari, zamonaviy trener va uning psixologik qiyofasi, salomatlik psixologiyasi, sport faoliyatining psixologik xarakteristikasi, jismoniy madaniyat, komil insonni tarbiyalash masalasi, ta’lim va tarbiya muammolari, sportda texnik va psixologik tayyorgarlik, pedagogik faoliyatning psixo-pedagogik masalalari, tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy omillar kabi muammolarni bartaraf etishni taqozo etmoqda. Bu esa, о‘z-о‘zidan ularni bartaraf etishning yangi psixologik usullarini ishlab chiqishga zamin yaratmoqda. Shu nuqta’i-nazardan olib qaralganda, bu holat biz e’tibor qaratgan ushbu muammoning о‘rganilish jihatdan dolzarbliligini belgilaydi. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling