Futbol sport turi bo'yicha musobaqalar Reja: Futbol musobaqalarining umumiy qoidalari 2 Futbol hakamlarining huquqi va majburiyatlari
Musoboqa o’yinlarida o’rinlarni aniqlash
Download 477.02 Kb.
|
Futbol sport turi bo\'yicha musobaqalar
Musoboqa o’yinlarida o’rinlarni aniqlash.
Musobaqa natijalariga qarab g’olib va musobaqada ishtirok etgan jamoalar egallagan keyingi o’rinlar aniqlanadi. Shu musobaqada jamoaning o’tkazgan har bir o’yini uning natijasiga qarab, ochkolar berish yo’li bilan baholanadi. Davrali tizim bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda quyidagicha hisobga olish shkalasi keng tarqalgan bo’lib, unga ko’ra g’alaba uchun 3, durang uchun 1, mag’lubiyat uchun 0 ochko beriladi. Jamoalar o’yinga kelmaganda mag’lubiyat bilan tenglashtirmaslik uchun boshqacha hisoblash shkalasi qabul qilinadi, masalan: g’alaba 3 ochko, durang 2 ochko, mag’lubiyat 1 ochko, o’yinga kelmaslik 0 (nol) ochko. Jamolar bo’yicha hisobga olishda, jismoniy tarbiya jamoalari musoba-qalarda bir necha jamoalar bilan qatnashganda (viloyat, shahar va tumanlar birinchiliklarida o’ynalayotgan vaqtda shunday bo’lishi mumkin) hisobga olish shkalasi har bir jamoaga alohida-alohida ochkolar yozishni talab qiladi. O’tkaziladigan musoboqalarning muayyan sharoitlari va oldinga qo’yilgan vazifalarga qarab ochkolar differentsiatsiyasi turli jamoalar uchun boshqacha bo’lishi mumkin. Biroq, odatda, mag’lubiyat g’alaba uchun beriladigan ochkolarning 1G’3 ni, durang uchun beriladigan ochkolarning 2G’3 ni, kelma-ganlik uchun 0 qismini berishini nazarda tutish kerak. Barcha o’yinlarda to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab musobaqada jamoalarning o’rinlari uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to’plagan ochkolari soni moboda bir hil bo’lsa, g’olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o’rtasida qo’shimcha o’yinlar o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati bo’yicha, yoki ular o’rtasida musobaqa jarayonida o’tkazilgan o’yin natijalari bo’yicha qaysi biri o’zara o’yinda g’alaba qozongan bo’lsa shunga qarab aniqlanadi. Jismoniy tarbiya jamoasining barcha jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi. Nisbatan qisqa muddatlarda ko’p jamoa ishtirokida o’tkaziladigan musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillaridan biri quyida keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo’linadi. Har bir kichik guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha ochkolar berish yo’li bilan o’tkaziladi. Shundan so’ng kichik guruh g’oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1 - 2-o’rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo’yicha o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari o’rtasida o’tkaziladi. Qolgan hamma o’rinlar kichik guruhlarda tegishli o’rinni egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi. Masalan: Germaniyada bo’lib o’tgan 16 ta jamoa o’rtasidagi 1974 yilgi jahon birinchiligi musobaqalari xuddi shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Ushbu musoboqaning dastlabki bosqichda barcha jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi: I guruh: 1, 2, 3, 4 - nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12 - nomerlar II guruh: 5, 6, 7, 8 - nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16 – nomerlar Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiliklarida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida yuqori ya’ni birinchi, ikkinchi, uchinchi va turtinchi natija-larni ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi. Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Mazkur guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida to’rttadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada birinchi bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketardi va ularning egallagan o’rnlari esa aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham): «A» guruh «B» guruh I guruh 1- o’rin I guruhdagi 2- o’rin II guruh 2 - o’rin II guruhdagi 1- o’rin III guruh 1 –o’rin III guruhdagi 2- o’rin IV guruh 2- o’rin IV guruhdagi 1- o’rin «A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3 - 4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday sxema bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak. Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin. Futbol musoboqalari bo’yicha jaxon chempionati musoboqalari xamisha yuqori saviyada o’tkaziladi. Shu sabab ushbu musoboqalarda ko’pdan – ko’p musoboqa tizimlardan foydalaniladi. Barcha tizimlar ham mukammal hisoblanmandi. Shunga qaramay dunyoning eng kuchli jamoasini ya’ni g’olib jamoani aniqlash uchun eng maqbul yullar qidiriladi. Download 477.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling