Futbol tarixi


Download 51.52 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi51.52 Kb.
#1836954
1   2   3   4   5
Bog'liq
Futbol tarixi

BASKETBOL MAYDONI
Oʻyindan asosiy maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH terma jamoasi sharafini yirik musobaqalarda ham himoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH terma jamoasi gʻolib chiqqan — 12-marta, faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.
Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Michael Jordan hisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan Shakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. Shuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili ham Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.
Basketbol topining og’irligi: 600–650 g

GANDBOL TARIXI


(inglizcha: Handball; hand — „qoʻl“, ball — „toʻp“) yoki qoʻl toʻpi — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Holger Nielsen ixtiro etgan (1898).[1] Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; og'irligi 325-475 g, aylanasi 54-58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 soniyagacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga (inglizcha: International Handball Federation, qisqartmasi IHF; 1946-yil 12-iyulda asos solingan[2]) 106 mamlakat aʼzo. 1972-yildan erkaklar, 1976-yildan ayollar gandboli Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938-yildan erkaklar oʻrtasida, 1956-yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda gandbol 1923–1924-yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926-yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991-yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning gandbol rivojlanishida katta hissasi bor.



Download 51.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling