Futbol texniksining tasnifi Harakatlanish texnikasi Maydon o‘yinchisining texnikasi


Download 33.87 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi33.87 Kb.
#1412905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FUTBOL O‘YINI TAKTIKASINI O’RGATISH

4. Maydon o‘yinchisining texnikasi
Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni boshqarish texnikasidir. 32 Maydon o‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To‘pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhi kiradi: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan tashqari, qo‘lda bajariladigan spesifik usul - yon chiziqning narigi yog’idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga kiradi. 0 ‘yin vaqtida qaysi usulning qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilaming o‘yindagi funksiyalariga bog’liq. Usullami ijro etish sifati esa maydon o‘yinchilarining hammasida yuksak darajada bo‘lishi kerak.
5. Darvozabonning o‘yin texnikasi
Darvozabonning o‘yin texnikasi maydon o‘yinchisining o‘yin texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo‘l bilan to‘p o ‘ynashga ruxsat etilgani bilan bog’liqdir. Quyidagi usullar guruhi darvozabonning о‘yin texnikasiga kiradi: to‘pni ilib olish, qaytarish, o‘tkazib yuborish va tashlash. 0 ‘yinda sheriklar va raqib jamoasi o'yinchilaming qayerda turganiga, shuningdek, to‘p harakatining yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo‘llaniladi. Ulaming tasnifi 50-rasmda berilgan. О‘yin jarayonida darvozabon maydon o‘yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi. Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgilanadi. Darvozabonning to‘g’ri dastlabki holatda bo‘lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlami yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo‘llar ko‘krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg’a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo‘shashtirilgan. Dastlabki holatning to‘g’ri bo‘lishi darvozabonga og’irlik markazi o ‘qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo‘lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini berad.

Download 33.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling