Futbolga oid terminlar xususida
Download 22.93 Kb.
|
1 2
Bog'liqazim 1 yangi
match – futbolni ham anglatadi.
Pressing – ( ing. bosim o’tkazmoq ) futbolda hujumchilar raqib himoyachilaridan to’pni olib qo’yish uchun ularga bosim o’tkazish, himoyachini xato qilishga majburlash. Transfer – ( ing. boshqa kishi tasarrufiga o’tmoq) futbolchilarni klublar o’z tarkibiga shartnoma yoki og’zaki kelishuv asosida qo’shib olish jarayoni. Transferlar oynasi – futbolchilarni sotish yoki sotib olish uchun klublarga berilgan vaqt reglamenti. Legioner – (lot. xorijiy futbolchi) futboldagi bu termin Qadimgi Rimdagi legion so’zidan olimagan. Rimdagi legion askarlari mahalliy bo’lgan, bugungi kundagi legioner atamasi mashhur “Fransuz legioni” ta’sirida yuzaga kelgan. 1831- yil Qirol Lui Filipp I askarlar sonini oshirish maqsadida xorijlik kishilarni armiyaga jalb eta boshlagan. Yangi bo’linmalaraga Napoleon qo’shinlarining zobitlari rahabarlik qlishgan. Futbolda ham Fransiya birinchi bo’lib legioner iborasidan foydalangan. Debyut – futbolchining klubdagi birinchi rasmiy o’yini. Debyutant – birinchi marta o’yinga chiquvchi o’yinchi. Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin. Bugungi kunnda futbolga oid terminlar televideniya, ommaviy axborot vositalari va internet orqali shiddat bilan tilimizga kirib kelmoqda. Shu bilan birga shu atamalar o’zi bilan g’arb madaniyatini ham olib kelayotgani ham sir emas. Bunga misol sitaida futbolchilarning golni qanday nishonlashi, soch turmagi kabilarga yoshlarimiz bo’layotgan taqlidlarni aytish mumkin. Mustaqillikdan avvalgi yillarda futbolga oid terminlarning tilimizga kirib kelishida inglizcha atamalarning rus tili ta’sirida bo’lganlini ko’rish mumkin. Masalan, ruka- qo’l bilan o’ynash, bokovoy- yon hakam, varatar- darvozabon va hk. Mustaqillikdan so’ng bu so’zlar o’zbekchalashdi. Hozirgi kunda inglizcha o’zlashmalar to’g’ridan-to’g’ri, hech qanday to’siqlarsiz tilimizga kirib kelmoqda. Bu shuni ko‘rsatadiki,millionlar o‘yini bo’lgan futbol barchaning e’tiborini o’ziga jalb qilgani holda tilning lug’at fondiga kirib kelmoqda. Quyida o’zbek tilidagi ba’zi ibora va so’z birikmalari borki, ularni aynan futbol tufayli yuzaga kelgan iboralar deyish mumkin: Ko’hna qit’a – Yevropa. Zargarona usulda gol – nodir gol yoki darvoza to’sinining olis burchagiga darvozabon yonidan o’tib borib tushgan golga aytiladi. Yaxshi formada bo’lmoq – jamoa o’yinchilarining jismoniy holati zo’r. Qaychi uslubi – futbolchining old tomonida turgan to’pni havoda (yerga tushirmasdan) turib orqa tarafga tepish. Irodali o’yin – hisobda oldinda borayotgan raqib jamoaga o’yinning so’nggi daqiqasigacha barqaror qarshilik ko’rsatish. Qat’iyat korsatmoq – o’yinda yengilayotgan jamoaning yana ustunlikka erishishi. Shu bilan birgalikda inglizcha-o’zbekcha so’zlarning aralashmasidan yasalagan iboralar: Yaxshi start olmoq – o’yin yuqori faollikda boshlanganda. O’yin tempi tushishi – shiddati past o’yin. Sensatsion natija – kutilmagan natija. Restart olmoq – qayta jonlanish. Bir mavsum davomida yaxshi o’ynagan jamoa orada omadsiz mavsum o’tkazib joriy yilda yana yaxshi o’yin ko’rsatishi. Bu kabi iboaralarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Futbol millionlar o’yini bo’lganligi sababli uning auditoriyasi boshqa sport turlarinikidan ancha ko’p. Ushbu auditoriyaga har bir xorijiy so’z qanday ta’sir qilishini to’g’ri fahmlamoq tilshunoslik uchun dolzarb masala deb hisoblaymiz. Bunda sharhlovchining lug’at boyligi asosiy o’rin tutadi. Ingliz tilidagi futbolga oid barcha terminlarni tilimizga o’zgarishsiz olib kirilishi o’zbek tili leksikasining ayrim turida nofaollikka olib kelishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda sport sharhlovchilari sharh vaqtida nutqni o’zi uchun qulay so’zlarni tanlash bilan davom ettiradi. Zero, futbol boshidan oxiragacha shiddatli harakatlardan iborat o’yin. Sharhlovchi o’yinni sharhlash uchun muqobil metafoaralarni tanlaydi, emotsilardan foydalanadi,bu bilan u nutqiy ortiqchalikka yo’l qo’ymaydi,golli vaziyatlarni ifodalashda voqealar rivojidan ortda qolib ketmaydi. Agar sharhlovchi o’yin tempiga mos nutq qilish kerak ekanu o’zi bilib-bilmay ko’chimlarning yangi turlarini ham yaratadi, tasviriy ifodalarning turlicha yangi ko’rinishlarini ishlab chiqadi: masalan “ Madrid qiroli” ( Krishtianu Ronaldu) , “ Liverpul afsonasi” ( Stiven Jerard) , “Maestro” ( Andrea Pirlo), “Qizil iblislar” (Manchester Yunayted) va hokazo. Shunga ko’ra biz sharhlovchilarning ko’chimlarning yangi turlarini va o’xshatishlarni ishlab chiqishini tabiiy va rad etib bo’lmas jarayon deb hisoblaymiz. Chunki futbol o’yini asosan jonli efir orqali namoyish etiladi va sharhlovchilar uchun o’yindagi vaziyat oldindan ma’lum emas. Xorijiy terminlarning tilimizga to’g’ridan- to’g’ri kirib kelishi va qo’llanishini esa jiddiy muammo deb hisoblaymiz. Bunday noqulayliklarni bartaraf etish uchun sport lug’atlari yaratish va ommalashtirish, uni sharhlovchilar uchun foydali manba holiga keltirish lozimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari”, I.Dehqonov, Sh. Xudoyqulova. “Guliston”,2013. “O’zbek terminologiyasi”, H. Dadaboyev. T – 2019. Internet saytlari: www.interfutbol.uz www.ziyonet.com www.tribuna.uz Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling