Fyuchers operatsiyalarining mohiyati va ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari


Fyuchers operatsiyalarini mazmun mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 105.81 Kb.
bet2/15
Sana21.04.2023
Hajmi105.81 Kb.
#1372890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi

1 Fyuchers operatsiyalarini mazmun mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Fyuchers operatsiyalarining qo‘llanilishi qadim zamonlaridan boshlangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki shu davrda ba’zi mahsulotlar savdosi fyuchers asosida olib borilgan. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida (chunonchi Gollandiyada) fyuchers operatsiyalari ilk bor gullola savdosi bo‘yicha amalga oshirila boshlagan. Yaponiyada esa ilk Fyuchers operatsiyalarining paydo bo‘lishi XVII asrga to‘g‘ri keladi. Sholi bilan savdo qiluvchi yapon tadbirkorlari fyuchers operatsiyalari yordamida kon’yuktura o‘zgarishidan himoyalanganlar.
Hozirga zamon Fyuchers operatsiyalari tarixining rivojlanishi XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. SHu davrda AQSHning Chikago shahri tijorat markazi hisoblangan. Aynan AQSHning Chikago shahri dunyoda birinchi bo‘lib, 1848 yilda 82 savdogar tomonidan birja savdosi tashkil qilindi, u Chikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade-CBT) deb nomlanib, hozirgi paytda dunyoagi eng yirik fyuchers birjasi hisoblanadi.
Bugunki kunda fyuchers savdosi AQSHning 11 ta yirik birjalarida, shuningdek g‘arbiy yevropa, Janubi-Sharqiy Osiy mamlakatlari va Avstraliya birjalarida amalga oshirilmoqda. Eng mashxur va ko‘lami jihatidan yirik birjalarga quyidagilar kiradi:
AMEX - Amerikan fond birjasi
BOVESPA - Braziliya fond birjasi
CBOT - CHikago Tovarnaya Birja zernovыe, fyuchersы
CHX - CHikago fond birjasi
LIFFE - London xalqaro fyuchers i opsionlar birjasi
London Stock Exchange - London fond birjasi
NYMEX - Nyu-York tovar birjasi
NYSE - Nyu-York fond birjasi
SBF - Parij birja
SES – Singapur Fond birjasi a
SET – Tailand Fond birjasi a
TSE - Tokio fond birjasi
TSE - Toronto Fond birjasi
LSEX - London fondovaya LSEX
LIFFE - London fyuchersnaya i opsionnaya LIFFE
CBOE - CHikago opsion birjasi
PHLX - Filadelfiya fond birjasi va boshqalar.
Fyuchers bozorining rivojlanishi va o‘sishiga asrimizning 70-yillarida sodir bo‘lgan Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozi ham turtki bo‘ldi. Ushbu valyuta tizimining inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlar valyuta kurslari to‘xtovsiz tebrana boshladi buni oldini olish maqsadida Chikago savdo birjasida 1972 yilda valyuta kurslari bo‘yicha birinchi fyuchers bitimlari tuzila boshlandi. 1982 yilda shuningdek, London xalqaro moliyaviy fyuchers birjasi (The London International Financial Futures Exchange - LIFFE), 1990 yilning oxirida muddatli shartnomalar bo‘yicha nemis birjasi – Deutche Terminal Borse – tashkil qilindi.
Fyuchers operatsiyalarining joriy qilinishiga eng asosiy turtki bo‘lib bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning va valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarib turishi hisoblanadi. Bunday sharoitda narxlar va valyuta kursining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan riskdan himoyalanish chorasini izlab topish juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki sanab o‘tilgan holatlar ta’sirida xo‘jalik yurituvchi sube’ktlar jiddiy moiyaviy talofot ko‘ra boshladilar, bu esa o‘z navbatida makroiqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Fyuchers operatsiyalari (inglizcha futures transaction-birja orqali amalga oshirilidigan kelishuv yoki shartnoma) – tovar, moliyaviy aktivlarni shartnoma tuzilayotgan davrdagi narxda ma’lum muddat vaqt o‘tgach sotish yoki sotib olish jarayonini anglatadi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers operatsiyalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fyuchers kontrakti – tovar, moliyaviy aktivlarni kelgusida yetkazib berish to‘g‘risidagi ikki tomon o‘rtasida birjada tuziladigan shartnoma (kelishuv)dir.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir. Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir-biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:
- Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq qonunchiligiga asosan amalga oshirladi;
- Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi;
- Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot talab etishi mumkin;
- Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib, unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.
Bu ikki bitimni quyidagi jadval orqali qiyosiy harakteristikasini keltirib o‘tamiz.


Download 105.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling