G. A. Berkinova ikkinchi tomondan ta'lim uzbek tilida olib boriladigan
Download 0.98 Mb.
|
Darsliklar bildirishnomasi 7-v (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
- V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega. 2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega. III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 3.1. Maktab quyidagilarga majbur: 3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish; 3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash. 3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: 3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash; 3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish; 3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida; 2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida; 5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida. 9-11 sinf o`quvchilarining har bir darslik va mashq daftarchalari uchun – uning to`rt baravari miqdorida. V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi. 4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling