G. A. Berkinova ikkinchi tomondan ta'lim uzbek tilida olib boriladigan


Download 0.98 Mb.
bet7/110
Sana12.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1769109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
Bog'liq
Darsliklar bildirishnomasi 7-v (2)

II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.
9-11 sinf o`quvchilarining har bir darslik va mashq daftarchalari uchun – uning to`rt baravari miqdorida.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu
shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling