G. A. Xudoynazarova yuqori molekulyar birikmalar
Download 210.34 Kb.
|
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi laboratoriyada ishlashning xafsizlik
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg G.A. XUDOYNAZAROVA YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI 2
texnika qoidalari 1.1.Umumiy qoidalar 1. Laboratoriyada ishlagan vaqtda ozodalik, tartib, tinchlik saqlash va xavfsizlik texnikasining barcha qoidalarga rioya qilish kerak. 2. Tartibsiz, beparvolik va shoshma shoshalik bilan ishlash tajribaning noto’g’ri bajarilishiga va laboratoriyada baxtsiz voqealar yuz berishiga sabab bo’ladi. Laboratoriyada suv ichish va ovqatlanish mutlaqo mumkin emas. 3. Gaz, suv va elektr bilan ishlaganda ish tugagandan so’ng jo’mraklarni bekitib, elektrni o’chirib qo’yish kerak. 4. Vodoprovod rakvinasiga qog’oz, qum, qattiq moddalar, kislota, ishqor, oltingugurt birikmalari, yonuvchi suyuqliklar, erituvchilarni to’kish mumkin emas. 5. Har xil idishlar va laboratoriya asboblarini saranjomlik va ehtiyotlik bilan ishlatish lozim. 6. Har bir ishni o’qituvchining ruxsati bilan boshlash kerak. Ish rejasi daftariga to’la yozilib, uni o’qituvchi tasdiqlagan bo’lishi kerak. O’tkazilayotgan tajribaga aloqasi bo’lmagan ishlar bilan laboratoriyada shug’ullanish mumkin emas. 7. Har bir ishni bajarishdan oldin idish va asboblarni yaxshilab ko’zdan kechirish lozim. Ularning to’g’ri yig’ilganligiga va tayyorlangan reaktivlarning miqdori to’g’ri ekanligiga qanoat hosil qilingandan so’ng ishni boshlash mumkin. 8. Tajribani to’liq tushunmay turib, ishni boshlash yaramaydi. 9. Ish stolining ustini har xil asboblar, idishlar, reaktivlar, qog’ozlar bilan band qilmay, uni tartibli va ozoda tutish zarur. 10. Laboratoriyada o’qituvchisiz va laborantsiz talabaning o’zi tajriba bajarishi qat’iyan taqiqlanadi. 11. Tajriba boshlashdan oldin reaksiya uchun ishlatiladigan moddalarning xossalarini (qaynash va suyuqlanish harorati, yonuvchanligi, zaharli ekanligi, o’yuvchanligi va boshqa xossalarini) bilish zarur. 12. Agar ishlatiladigan moddalarning sachrash xavfi bo’lsa (kislota va ishqorni katta idishdan kichik idishga quyish, tuzlarni suyuqlantirish, o’yuvchi va o’tkir hidli moddalarni havonchada maydalash va boshqalarda) hamma vaqt ko’zoynak taqib olish zarur. 13. Vakuum hosil qiluvchi asboblar bilan ishlashda (vakuumda moddalarni haydash, vakuum – shkaf va eksikatorlarda moddalarni quritish kabi ishlarda), metall holidagi natriy bilan ishlashda va moddaning suyuqlanish haroratini, sulfat kislotada aniqlash vaqtida ham ko’zoynak taqib olish shart. 14. Qizdirish asboblarining yoki reaksiya vaqtida gaz ajralib chiqishi mumkin bo’lgan idishlarning og’zini mahkam bekitmay, havo kirib turadigan joy qoldirish zarur. 3
ustiga engashmay ishlash kerak. 16. Shisha kapillyarlar va naylar bilan ishlashda ehtiyot bo’lish kerak, aks holda qo’lni kesib olish mumkin. Shisha naylarning og’ziga tiqin tiqishdan oldin, nay og’zini gaz gorelkasida suyuqlantirib, qirralarni yo’qotish zarur. Tiqinni esa glitserin bilan moylab, shisha nay og’ziga ohistalik bilan kiritish kerak. Download 210.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling