Reja: Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament


Download 29.58 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi29.58 Kb.
#1222218
  1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TO


EKOLOGIK XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDAGI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASH HAQIDA
Reja:

1.Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament.

2.Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik xavfsizlik talablari.

O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ekologik xavfsizlik va atrof- muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgach amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda ekologik xavfsizlik talablari bilan belgilangan standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzsin va “O‘zstandart” agentligiga taqdim etsin.
3. “O‘zstandart” agentligi ushbu Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab ekologik xavfsizlik talablariga tegishli standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarini va tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
5. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling