Mavzu: “Sho’rtanneftgaz” ushk korxonasi


Download 136.5 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi136.5 Kb.
#244676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shoʻrtanneftgaz


KIRISH
Ushbu texnologik reglament, yiliga 16·109 m3 hajmda tabiiy gazni qazib olishga mo'ljallangan «Sho'rtan-16» gazkondensatli konining to'rtta pastharoratli separasiyalash (PHS) qurilmasi uchun ishlab chiqilgan. U texnologik jarayon operasiyalarini olib borish tartibi va rejimini belgilovchi asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. Texnologik reglamentning barcha talablarini so'zsiz bajarish majburiy hisoblanadi va u chiqariladigan mahsulotlarning zaruriy sifatini, ishlab chiqarish jarayonlarini to'g'ri va tejamkor tarzda olib borilishini, uskunaning bus-butunligini hamda mehnat xavfsizligini ta'minlaydi.

Qurilmaga xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, texnologik rejimning mavjud ko'rsatkichlarini tasdiqlangan texnologik xaritalar va hisobga olish kitoblariga yozib boradi. Smena rahbarlari, operatorlar va ishlab chiqarishning boshqa xodimlari, texnologik reglament me'yorlariga qat'iy rioya qilgan holda, texnologik jarayonni olib borishi shart. Qurilma boshlig'i va uning o'rinbosari har kuni texnologik xaritalar va hisobga olish kitoblarini ko'zdan kechirishi, hamda o'tgan sutka davomida aniqlangan, reglament me'yorlaridan chetlashishlarni bartaraf qilish va keyingi navbatlarda ulardan ogoh bo'lish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berishi shart.

PHS qurilmalari majmuasining bosh loyihachisi bo'lib, gazkonlari uskunalarini ishlab chiqish bo'yicha Butunittifoq ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik instituti «VNIPIgazdobcha» (Saratov.sh.) hisoblanadi. Kondagi qazib chiqarish ishlari loyihasi «SredazNIIgaz» tomonidan 1980 yilda bajarilgan.

PHS qurilmalarining apparatlari, bloklar holatida tayyorlangan. Blokli uskunani ishlab chiqishni neftkimyoapparaturalarning markaziy konstruktorlik byurosi (NMKB) bajargan. Qurilma uskunalari vodorod sulfidiga chidamli qilib tayyorlangan.

Ishga tushirish muddati:

PHSQ-I navbati - 1980 yil IV chorak.

PHSQ- II navbati - 1982 yil II chorak .

PHSQ- III navbati - 1985 yil I chorak

PHSQ- IV navbati - 1986 yil IV chorak.

Jarayonlarni nazorat qilish, avtomat tarzda tartiblashtirish va boshqarish, MDH va xorijiy mamlakatlarning moslamalar tayyorlovchi zavodlari tomonidan seriyali chiqariladigan, avtomatika moslamalari va vositalaridan foydalanilgan holda, markaziy kompleks boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha kompleks tadbirlar, texnik tashlamalarni yoqish va mash'alaga damlash, biologik hovuzlar-bug'lagichlarga tashlash sharti bilan sanoat va xo'jalik-maishiy chiqindilarni tozalovchi inshootlarini ko'zda tutadi.

PHS qurilmalarining gaz va gaz kondensatidan xalq xo'jaligida foydalanish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

- qozonxona yoqilg'isi sifatida;

- kommunal-maishiy ehtiyojlarda;

- texnologik ehtiyojlarda;

- suyuq uglevodorodlar olish uchun;

- avtomobil benzinlarining qimmatbaho komponentlarini, shuningdek dizel yoqilg'ilarini olish uchun.


Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling