Mavzu: “Sho’rtanneftgaz” ushk korxonasi
Regeneratsiya gazini amin yordamida tozalash
Download 136.5 Kb.
|
Shoʻrtanneftgaz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Regeneratsiya gazini amin yordamida tozalash
Oltingugurtni amin eritmasi (DEA) yordamida tozalash qurilmasidan chiqqan nordan gaz avval E-1 ajratgichi (separator) dan o’tadi. U yerda gaz tarkibidagi suyuqlik tomchilaridan (etanolamin izlari bo’lgan, vodorod sulfid va karbonat angidrid erigan suv bug’i kondensatlaridan) ajraladi. Nordon gaz ajratgichi pastki qismida ichki qizdirgich bilan jihozlangan tik silindrik idishdan iborat. Apparat yuqori qismida maxsus qurilma elak o’rnatilgan bo’lib, uning yuzasida suyuqlik tomchilari ajratilishi sodir bo’ladi. Ajratgichdan chiqqan gaz to’g’ri П-1 1 bosqichli qizdirgichga kiradi. Vodorod sulfidni oksidlash uchun havo to’g’ridan-to’g’ri reaktorga nordon gaz kirish quvuriga beriladi. Vodorod sulfidni (H2S) oksidlash va yoqilg’i gazini yoqish uchun havo B-1 havo havdagichga tushishidan oldin havo changlardan tozalanichi uchun Ф-1 sizdirgich (filtr) dan o’tadi. gacha qizdirilgan texnologik gaz reaksiya aralashmasi 1-bosqich kon-reaktoriga beriladi. Konvektor-bu ichidan katalizator qatlami qalinligi bo’yicha kislotaga chidamli “g’isht” bilan himoyalangan yotiq gorizontal qurilma hisoblanadi. Konvektor ichida past tomondan metall panjara ustiga o’tga chidamli maydalangan g’isht bo’laklari bilan himoyalangan bo’lib, ustidan katalizator joylashadi. O’tga chidamli g’isht himoya qatlamlari qalinligi dan iborat bo’lib, vositachi katalizator qalinligi ni tashkil etadi. Konvektorni katalitik qismida harorat, reaksiya issiqligi hisobiga ga ko’tariladi. Hosil bo’lgan oltingugurtni kondensatsiyalash (sovitish) va gazni sovitish uchun texnologik gaz ning 1-bosqichida amalga oshiriladi. Kondensator-generator umumiy qozon qismi bo’lgan, gaz yo’nalishi bo’yicha ikki yo’nalishga bo’lingan yotiq gazotrubkali apparatdan iborat. Qozonda bosimi (4,0) bo’lgan to’yingan suv bug’i ishlab chiqiladi. kondensator-generatorni birinchi bosqichida kondensatsiyalangan suyuq oltingugurt, E-6 yer osti oltingugurt yig’gichga uzatiladi. Texnologik gaz ning II-bosqichidan chiqib, П-2 yoqib qizdirgichga 2-bosqichiga kiradi. Qizdirich xuddi П-1 da nordon gazni qizdirish kabi amalgam oshiriladi. Oksidlanish reaksiyasi uchun berilgan havo P-2 reaktor kirishidagi quvurga tushadi va u yerda texnologik gaz bilan aralashadi. Texnologik gaz dan gacha sovitish va olingan oltingugurtni kondensatsiya kondensator-generatorning ikkinchi bosqichida amalgam oshiriladi. Kondensatsiyalangan oltingugurt E-4 ochgichi orqali E-8 to’plovchiga tushadi. Texnologik gaz П-3 ning qizdiruvchi o’txonasi uchinchi bosqichiga kiradi. Qizdiruvchi xuddi П-2 da texnologik gazni qizdirish kabi amalga oshadi. Yoqishdan chiqishdagi gaz aralashmasi, harorati gat eng. III-bosqich to’g’ridan-to’g’ri oksidlanish reaksiyasi uchun berilgan havo, reaktoriga kirishdagi quvurga kiradi va u yerda texnologik gaz bilan aralashadi. Konversiyali III-bosqich 2-bosqich bilan o’xshashdir. konvertoridagi katalizator qatlami harorati ga teng. Texnologik gazni dan gacha sovitish va olingan oltingugurtni kondensatsiyalovcni III-bosqich uchun kondensator-generatorida amalga oshadi va uning tuzilishi bir yo’lakli gaz yo’nalishi bo’yicha bilan aynan bir xildir. Kondensator-generatordan chiqishdagi texnologik gazni harorati . Sovitilgan suyuq oltingugurt 30 E-8 to’plovchiga uzatiladi. Texnologik gaz kondensator-generatordan keyin oltingugurt sachratmalaridan ajratish uchun oltingugurt ushlovchi E-2 ga kiradi va undan to’liq yondirish pechi П-4 ga kirib qoldiq vodorod sulfid, bug’simon va tomchisimon oltingugurt, to’liq oltingugurt (IV)-oksidi hosil bo’lguncha yoqiladi. Yuqorida qayd etilgan moddalarni yoqish harorati yoqilg’i gazini yoqish hisobiga amalga oshiriladi. Pechdan chiqishdagi dudsimon gazlar harorati ni tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mavlonov A.V. “Neft va gaz konlari geologiyasi”. T., 2000. 2. Akramov B.Sh. “Neft va gaz ishi asoslari” ma’ruzalar matni. T., 2001. 3. “Sho’rtanneftgaz” USHK ishchi reglamentlari. 4. “Sho’rtanneftgaz” USHK geologik ma’lumotlari. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling