Mavzu: “Sho’rtanneftgaz” ushk korxonasi
IShLAB ChIQARIShNING UMUMIY TAVSIFI
Download 136.5 Kb.
|
Shoʻrtanneftgaz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sho’rtanneftgaz” USHK korxonasi
IShLAB ChIQARIShNING UMUMIY TAVSIFI
Bosh inshootda joylashgan, GvaKKTQ gazni kompleks tayyorlash sexi tarkibiga quyidagi qurilmalar va korxonaning yordamchi inshootlari kiradi: - PHSQ ning to'rtta navbati; - NO'M vaA havosi uchun ikkita kompressor stansiya; - aylanma suv ta'minotining nasos stansiyalari bo'lgan ikkita gradirlash moslamasi; - emirilish ingibitorlarini tayyorlash va saqlash ombori; - mash'ala xo'jaligi; - kanalizasiyali nasos stansiyalari bo'lgan kanalizasiyali muhandislik tarmoqlari; - elektrkuchlanishli uskunalarni ta'minlash uchun ikkita 2KTP 1000/6-0,4 кW kichik stansiyasi. PHS qurilmasining har bir navbati drossel samaradan foydalangan holda, gazni pastharortli separasiyalashning to'rtta texnologik qatoridan va PHSQ qatorlarida gidrathosilbo'lish ingibitorlari sifatida foydalaniladigan dietilenglikol (DEG) ni regenerasiyalashning to'rtta texnologik qatoridan tashkil topgan.
- PHSQ- I, II da – 3·106 m3/d – 125·103 m3/h; - PHSQ- III, IV da – 5·106 m3/d – 210·103 m3/h.
- PHSQ- I, II da – 11,28 t/d – 1000 kg/h; - PHSQ - III, IV da – 24 t/d – 10000 kg/h. PHS qurilmasining har bir navbati, uchinchi pog'onadagi pastharoratli separatorda tabiiy gazni quritish va separasiyalashning birinchi va ikkinchi pog'onalariga kondan kelib tushuvchi tabiiy xom-ashyo gazidan tomchili suyuq fazalar va mexanik aralashmalarni ajratish uchun mo'ljallangan. Namlik va uglevodorodlar bo'yicha talab qilingan tomchilash nuqtasigacha quritish, reduksiyalash va ejektorlash blokida haroratni pasaytirish yo'li bilan, drossel samara yordamida amalga oshiriladi. Quritilgan va mexanik aralashmalardan tozalangan kamoltingugurtli tabiiy gaz teskari oqim bilan, issiqlikalmashtirishning ikkinchi va uchinchi pog'onalari issiqlikalmashtirgichlari orqali xom-ashyo sifatida seolitli oltingugurttozalash qurilmasiga va yoqilg'i sifatida – O'zR GRES lariga uzatiladi. Gidrathosilbo'lishini oldini olish uchun, tabiiy xom-ashyo gazining harorati pasayib ketganda, ikkinchi pog'ona issiqlikalmashtirgichiga, xom-ashyo gazining to'g'ri oqimiga forsunka orqali regenerasiyalangan DEG aralashmasi purkaladi. To'yingan DEG aralashmasi ajratkichlarda ajratilgandan so'ng regenerasiyalash uchun olovli regeneratorlarga yo'naltiriladi. Separasiyalashning birinchi va ikkinchi pog'onalarida ajratilgan uglevodorodli kondensat, GDTQ dan kelgan kondensat bilan birga qo'shimcha tarzda ajratish uchun juft ajratkichlarga yo'naltiriladi. PHSQ ning I va IV navbatlarida loyiha bilan, «kondensat-kondensat» issiqlikalmashtirgichi orqali separasiyalashning birinchi va ikkinchi pog'onalarida ajratilgan uglevodorodli kondensatni uzatish ko'zda tutilgan. Uglevodorodli kondensat ajratkichlardan umumiy kollektor bo'yicha kondensatni barqarorlashtirish qurilmasi (KBQ) ga chiqariladi. Separasiyalashning birinchi va ikkinchi pog'onalarida va juft ajratkichlarda ajratilgan qatlam suvi maxsus degazatoriga jo'natiladi, u erdan esa kanalizasiya tarmog'iga kanalizasiyali nasos stansiyasi (KNS) gacha chiqariladi va nasoslar bilan tozalash inshootlariga haydaladi. Apparatlarni yuvish va bug'lash vaqtida oqizish uchun PHSQ maydonchalarida, loyiha bilan oqova suvlarning ikkita oqimi bo'lgan muhandislik kanalizatsiya tarmoqlari majmuasi ko'zda tutilgan: К4 – sanoat oқovalari; К15 – DEG- oqovalari tarkibli. Bundan tashqari, K1 xo'jalik-maishiy oqovalarining kanalizasiyasi ko'zda tutilgan, ya'ni oqovalar nasosli kanalizasiya stansiyalari orqali oqova suvlarni biologik tozalash uchun jo'natiladi. DEG- tarkibli oqovalar, tozalash inshootlariga neft mahsulotlaridan fizik-kimyoviy tozalash uchun jo'natiladi. Markazlashtirilgan holda AKS tsexidan uzatiladigan havoning tsexlararo kollektori orqali NO'MvaA nazorat o'lchov moslamalarini havo bilan ta‘minlanadi. Issiqlikalmashtirish va nasos uskunasining material potoklarini texnik suv bilan ta‘minlash, suv ta‘minoti tsexidan aylanma suvlarni uzatish quvuro'tkazgichi yordamida amalga oshiriladi. “Sho’rtanneftgaz” USHK korxonasi Hozirgi vaqtda Ustyurt, Buxoro-Xiva, janubiy-g’arbiy Hisor, Farg’ona, Surxondaryo kabi neft gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. “Sho’rtangaz” konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha o’n tonnagacha yuqori sifatli suyuq gaz va yiliga bir necha ming tonna toza oltingugurt olish mumkin. Respublikada neft va gaz qazib olish, uni qayta ishlash, iste’molchilarga yetkazish bilan ko’plab korxonalar shug’ullanadi. “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga qarashli “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish” aksionerlik kompaniyasi tarkibiga “Sho’rtanneftgaz” unitary shuba korxonaning alohida o’rni bor. “Sho’rtanneftgaz” USHK respublikamizda qazib olinadigan tabiiy gazning 35 foizini, gaz kondensatining 34.2 foizini, suyultirilgan gaz mahsulotlarining 60 foizini yetkazib bermoqda. Korxona 5 xil turdagi asosiy mahsulotlar ishlab chiqaradi, ya’ni tabiiy gaz, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, oltingugurt va neft mahsulotlaridir. Konlarda qazib olinayotgan xomashyo mahsulotlaridan xar xil qo’shilib kelayotgan qo’shimchalardan tozalash, kondensat va suyultirilgan gazni barqarorlashtirish mahsulot turlariga alohida dastlabki ishlov berish murakkab, bir necha bosqichli texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Korxona 1980 yil 1 noyabrda ishga tushirildi. Dastlab korxona 493.3 mln metr kub gazni yetkazib berdi, so’ngra bu ko’rsatkich 3 mlrd 397.8 mln kub metrni tashkil etdi. Korxona ishga tushirilganda gazni tayyorlash qurilmasining 1-navbati, gazni past haroratda ajratish qurilmasining 1-2-navbatlari faoliyat yuritgan. 1985-86 yillarga kelib gazni dastlabki tayyorlash qurilmasining 2-navbati va gazni past haroratda ajratish qurilmasi 3-4-navbatlari, gazni oltingugurtdan tozalsh sexi ACO-1 qurilmasi, kondensatni barqarorlashtirish sexi foydalanishga topshirildi. 1998-yilning dekabr oyida “Qarshineft” neft konlari boshqarmasi tugatilib, bir necha konlarni “Muborakgaz”, “Sho’rtangaz” gaz konlari boshqarmasi qo’shib yuborildi. Bunga sabab, Sho’rtan hududida “Shakarbuloq” mahsuldor neft konining ochilishi sabab bo’ldi. Endi bu boshqarmalar bir vaqtning o’zida gaz va neft qazib chiqarishni o’z zimmasiga oldi. Chunki neft konlaridan bir vaqtning o’zida neft, oltingugurt, gaz, kondensat kabi qazilma boyliklarni ajratib olish markazlashdi. Shuning uchun ham Qashqadaryo viloyat hududidagi uchta tashkilotning biri tugatilib, “Muborakneftgaz” va “Sho’rtanneftgaz” unitar shuba korxonalari sifatida faoliyat boshladi. Ishlab chiqarishning kengayishi munosabati bilan korxonaning mas’uliyati mahsulot turi va sifatiga bo’lgan talablar yanada oshdi. Korxonada mahsulotlar hajmi va sifatini oshirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Jamoaning ko’p ming kishilik a’zolari turmush va mehnat sharoitini yaxshilash yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borildi. Aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yaxshilash maqsadida 1996 yilda oltingugurt olish qurilmasi ishga tushirildi. U yiliga o’rtacha 3.5 ming tonna kimyo sanoati va qishloq xo’jaligi uchun zarur xomashyo oltingugurt bera boshladi. 1997 yili iqtisodiyot uchun eng avvalo tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yashovchi aholi hamda gazda ishlayotgan transport vositalari uchun o’ta zarur suyultirilgan gaz mahsulotlari hajmini oshirish maqsadida propan butan aralashmasi olish qurilmasi foydalanishga topshirildi. “Sho’rtangaz” USHK ning yaqin ishonchli hamkorlari “O’z. L I T I neftgaz” OAJ, “O’zbekgazqurilish” aksionerlik kompaniyasi, “KMYC-93”, “KMYC-98” korxonalari hisoblanadi. “Sho’rtanneftgaz” unitary korxonasi yonida ikkita qo’shma korxona mavjud: “Gissarneftgaz” MCHJ qo’shma korxonasi va “Sho’rtangazmahsulot” qo’shma korxonasi. “Gissarneftgaz” MCHJ tomonidan Beshkent, Shimoliy Nishon, Shimoliy G’uzor konlaridan 766,3 million kub metr gaz va 34,594 ming tonna kondensat, Shakarbuloq konidan esa 20,953 ming tonna neft qazib olindi. “Sho’rtangazmahsulot” qo’shma korxonasi esa tabiiy gaz tarkibidan uglevodorodlarni ajratib olish va uni reolizatsiya uchun jo’natish kabi ishlarni amalga oshiradi. Neft va gaz asosan organik moddalarning ming yillar davomida chirishidan hosil bo’ladi. Neft va gaz tarkibida 80-84% uglerod (C) va 14-18% vodorod mavjud. Tabiatda hosil bo’ladigan neft va gaz konlarining turlari: 1) Sof gaz konlarining qatlamlarida faqat gaz holatida karbonsuvlar to’planadi, . 2) Neft hoshiyali gaz konlarida gaz holatidagi karbonsuvlar umumiy hajmining qismidan ko’prog’ini tashkil qiladi, ya’ni ga teng bo’ladi. 3) Neftli gaz konlarida gaz holatidagi karbonsuvchilar ko’proq va suyuq holatdacilari kamroq hajmni egallaydi, ya’ni ga teng bo’ladi. 4) Gazli neft konlarida gaz holatidagi karbonsuvchilar suyuq holatdagi karbonsuvchilarga nisbatan kamroq hajmni egallaydi, ya’ni ga teng bo’ladi. 5) Gaz do’ppili neft konlarida sof gaz holatidagi karbonsuvchilar umumiy kon hajmining qismidan kamrog’ini tashkil etadi, ya’ni bo’ladi. 6) Sof neft konlarida erkin holda gaz holatidagi karbonsuvchilar uchramaydi. 7) Neftgazkondensat konlarida karbonsuvchilarning uch turi, neft,gaz va kondensat har xil miqdordagi nisbatlarda uchrashi mumkin. 8) Gazokondensatli konlarda gaz konlarining bir turi bo’lib, unda cazsimon karbonsuvchilarning tarkibida erigan holdagi suyuq karbonsuvchilar, ya’ni kondensat bo’ladi. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling