Reja: Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida umumiy texnik reglament
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativlar
Download 29.58 Kb.
|
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TO
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi normativlar — rioya etilganda tabiiy ekologik ta’minlanib, biologik xilma-xillik saqlab qolinadigan atrof-muhit sifatining belgilangan normativlari va unga ruxsat etilgan ta’sir ko‘rsatish normativlari;
ruxsat etilgan cheklangan konsentratsiya — inson organizmida reflektor ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lmagan havo, suv va tuproqdagi ifloslantiruvchi moddaning konsentratsiyasi; ruxsat etilgan cheklangan tashlama — tashlanmalarda atmosfera havosi uchun belgilangan ruxsat etilgan cheklangan kvotalardan oshmaydigan yer usti konsentratsiyani shakllantiradigan vaqt birligidagi ifloslantiruvchi moddalar massasi; ruxsat etilgan cheklangan oqava — oqava suvlarda nazorat punktidagi suv sifati normalarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda belgilangan rejimda tashlashga maksimal ruxsat etilgan vaqt birligidagi moddalar massasi; atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqavalarini, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishini normalashtirish — o‘zgarishlarga eng sezgir bo‘lgan organizmlar (indikatorlar) turining ta’sirlanishi bo‘yicha aniqlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilarning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirishga ruxsat etiladigan chegaralarni belgilash; xo‘jalik va boshqa faoliyat obyekti — mahsulot ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish, mahsulotni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish bo‘yicha bir yoki undan ortiq faoliyat amalga oshiriladigan statsionar yoki ko‘chma obyekt; ekologik xavfsizlik talablari — atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida belgilanadigan va bajarilishi majburiy bo‘lgan talablar; ekologik xavfsizlik — tabiiy muhit va insonning hayotiy muhim manfaatlarining xo‘jalik va boshqa faoliyat, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarining ehtimoliy salbiy ta’siridan himoyalanganlik holati; ekologik ekspertiza — rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash hamda ekologik ekspertiza obyektini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar bosqichlarda amalga oshirish mumkinligini belgilash; Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling