G f. n A. Nazarov “


Download 356.6 Kb.
bet13/33
Sana14.12.2021
Hajmi356.6 Kb.
#181082
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован

Kobalt (Co). O‘simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o‘rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o‘simliklarda bu ko‘rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi.

Kobalt qo‘proq dukkakli o‘simliklarda uchraydi, ko‘proq tuganaklarda yig‘iladi. Shuningdek, kobalt generativ organiarda ham to‘planadi, changdonda yig‘iladi va uning o‘sishini tezlashtiradi.

O‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% ion, 20% vitamin B12 va qolgan 30% barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan sintezlanib, o‘simliklarga tuproqdan o‘tadi yoki azot to‘plovchi tuganaklarida hosil bo‘ladi. B12 uchraydigan o‘simliklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi.

Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo‘lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30-35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.

Kobaltli mikroo‘g‘itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi.


Download 356.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling