G f. n A. Nazarov “


Download 356.6 Kb.
bet15/33
Sana14.12.2021
Hajmi356.6 Kb.
#181082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован

Nano asosidagi o‘g‘itlar


Keyingi paytlarda Nano – agrokimyoviy texnologiyalarga katta qiziqish paydo bo‘lmoqda. Nano ning muhim xususiyati o‘simlikshunoslik, chorvachilik va tibbiyot texnologiyalarida makro va mikroelement kukunlaridan foydalanish orqali dunyo miqyosida katta ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda.

Nano asosidagi o‘g‘itlar – metall tuzlarining kukuni bo‘lib (Nanoo‘g‘itlar) – bu kimyoviy elementlarning (Mn, Zn, Fe, B, Cu, Co va o‘simliklar hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan boshqa elementlar) maxsus tanlab olingan kompleksdir, o‘g‘itning tarkibi va nisbati har bir agroekinlar hamda ularning rivojlanish fazasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi.

Kompleks mikroo‘g‘itlar sifatida borat kislotasi, mis, rux, kobalt va marganes sulfatlari, ammoniy molibdat va kaliy yodid aralashmalari ishlatiladi. Kompleks mikroo‘g‘itlar tarkibida 5,5% B, 2,8% Cu, 5,5% Zn, 1 0,1% Mo va Co,

11% Mn bo‘ladi.

Ular 0,18 g va 0,36 g li tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Borat kislotasi, mis, rux va marganes sulfatlari, molibden (III)-oksid va talkni maydalab aralashtirish natijasida mikroelementli kukun hosil qilinadi. Bunday kukunning tarkibida 2,4-2,8% B, 5-6% Cu, 8-10% Zn, 9,5-11% Mo, 6,5-8,0% Mn bo‘ladi. O‘n xildan ortiq turdagi bunday mikroo‘g‘itlar ishlab chiqariladi.

O‘simliklardagi xloroza kasalligiga qarshi (temir yetishmasligidan shu kasallik kelib chiqadi) antixlorozin – Fe-DTPA dan foydalaniladi. Uni temir kompleksonati (temir dietilentriaminopentaasetat) deb ham ataladi. Rux, mis, marganes va boshqa metallarning kompleksonatlari ham mikroo‘g‘itlar sifatida ishlatilishi mumkin. Ular suvda yaxshi eriydi, tuproqdagi mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib ketmaydi hamda tuproq tarkibidagi o‘simlikka o‘zlashmayotgan mikro va makroelement birikmalarini o‘zlashadigan holatga keltiradi. Bunday kompleksonatlarni makroo‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida o‘g‘it tarkibiga ham kiritilishi mumkin.

NANO mineral o‘g‘iti zarrachalarining o‘simlik to‘qimalarida tarqalish tezligi juda yuqori bo‘ladi – bir necha sekunddan 20 minutgacha, bu esa o‘simliklardagi biokimyoviy jarayonlar sifatiga tezkor ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Xozirgi kunda mikroelementlardan, ultra mikroelementlar deb ataladigan guruhi ham mavjuddir. Bunday elementlar tabiatda 0,00001% dan ham kam bo‘ladi. Bularga (oltin, simob, radiy, uran) va boshqalar misoldir. Bularning aniq chegarasini belgilash qiyin, chunki «ultra» qo‘shimchasi tabiatda bunday kimyoviy elementlarning kam ekanligini ko‘rsatadi.


Download 356.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling