Misli o‘g‘itlar. Qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan misli mikroo‘g‘itlar jumlasiga mis kuparosi, misli kukun va mis kolchedani kiradi.
- jadval
Misli mikroo‘g‘itlar
O‘g‘it
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Ta’sir etuvchi modda miqdori, %
|
Mis kuporosi
|
CuSO4·5H2O
Cu
|
92,0 - 98,0
23,4 - 24,9
|
Misli kukun
|
CuSO4
Cu
|
14.0-16,0
5.0-6,0
|
Mis kolchedani
|
Cu
K2O
|
25,0
58,6
|
50-100 g mis kuporosi bilan 1/s urug‘ aralashtirilib ekilsa yaxshi samara beradi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200-300 g mis kuporosi 1 ga maydondagi nihollarga purkaladi. Mis kuporosi o‘z tarkibida 25,0% ga yaqin mis tutadi.
Hozirgi kunda Olmaliqdagi «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida mis tutgan (0,25-0,30% Cu) ammofos ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Mis kolchedani mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan mikroo‘g‘it hisoblanadi (0,2-0,3% Cu) va uni tuproqqa har 5 yilda 1 marta 500-600 kg/ga me’yorda kuzgi shudgorlash vaqtida beriladi.
Kobaltli mikroo‘g‘itlar. Kobaltli mikroo‘g‘itlardan foydalanish hosilning sifatini faqatgina o‘simiik tom onidan muayyan elementning to‘planishi bilangina oshirib qolmay, baiki boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha liarn oshishiga sabab bo‘ladi. Masalan: kobaltli o‘g‘itlar qand lavlagisi ildizmevasining hosilinigina oshirib qolmay, balki mevasi tarkibidagi qandning ham miqdorini oshiradi. o‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi va bakteriva ham da fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarda kobalt 50% ion tarzda, 20% karbamid va vitamin B12 birikmalari tarzida uchraydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayvonlar uchun to‘la qimmatli ozuqa va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan ekinlar uchun har kg tuproqda kobaltning miqdori 2,0-2,5 mg bolganda, kobaltli o‘g‘itlarni qollash kerak bo‘ladi.
Asosiy kobaltli mikroo‘g‘itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi.
Ruxli o‘g‘itlar. Ruxli o‘g‘it sifatida ba’zi sanoat chiqindilari, rux sulfat (ruxning miqdori 22%) va polimikroo‘g‘it (PMO‘-7), ruxli oq bo‘yoq ishlab chiqaruvchi zavodlarning chiqindilari ishlatiladi. 3.6 - jadval
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |