Kimyo sanoati chiqindilaridan tayyorlangan kompostning g‘o‘zaning hosildorligiga ta’siri. Samarqand kimyo kombinati chiqindilari asosida tayyorlangan kompostning o‘simliklar hosildorligiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan tajribalar g‘o‘zao‘simligi misolida o‘rganildi. Tajribalar 2016 - 2017-
yillarda Kosonsoy tumanidagi “Cho‘ngbosh paxtakori” fermer xo‘jaligida olib borildi.
Tadqiqotlarimiz 5 xil variantda olib borildi (Nazorat sifatida kompost berilmagan maydonlar olindi):
1 sotix maydonga – 10 kg chiqindi (gektariga 1000 kg hisobida);
1 sotix maydonga – 12 kg chiqindi (gektariga 1200 kg hisobida);
1 sotix maydonga – 14 kg chiqindi (gektariga 1400 kg hisobida);
1 sotix maydonga – 16 kg chiqindi (gektariga 1600 kg hisobida);
1 sotix maydonga – 18 kg chiqindi (gektariga 1800 kg hisobida).
Samarqand kimyo kombinati chiqindilari paxta maydonlariga yerni haydashdan oldin berildi. Har bir variant bo‘yicha maydonlardagi paxtaning hosildorligi aniqlandi. Tajriba natijalari 3.2.2-jadval va 3.2-chizmada berilgan.
3.2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |