Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti.
Mikroelementlar o‘simlik organizmi metabolizmida muhim fiziologo biologik vazifani bajaradi. Ular to‘qimadagi sintetik jarayonlarda qatnashadi, xususan, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida, shuningdek organizmdagi reaksiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilab beradi. Ular yetishmaganda organik moddalar sintezi, fosfor va azot almashinuvi buziladi, o‘simlik to‘qimalaridagi asosiy almashinish jarayonlari tezligi pasayadi.
Mikroelementlar fermentlar tarkibida ishtirok etib, nuklein almashinuvida va oqsillar sintezida tengsiz aktivator vazifasini bajaradi, o‘simlik to‘qimalaridagi turli xil birikmalarda modda almashinuvi tezligi va energiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |