G f. n A. Nazarov “
ADABIYOTLAR SHARXI 1.1 Mikroo‘g‘itlar. (mikroelementlar) ning tavsifi
Download 356.6 Kb.
|
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован
ADABIYOTLAR SHARXI1.1 Mikroo‘g‘itlar. (mikroelementlar) ning tavsifiTa’sir etuvchi moddasi mikroelement bo‘lgan mineral o‘g‘itlarga mikroo‘g‘itlar deyiladi. Davriy sistemadagi 107 ta elementlarning 80% shu jumladan og‘ir metallarning barchasi (temir bundan mustasno) mikroelementlardir. Ular o‘simlik va hayvonlar organizmida (quruq holdagisiga nisbatan hisoblanadi) 0,01% dan oshmaydi. Har yerga solinadigan normasi 0,1-3kg dan oshmaydi. Hozirga qadar 14 ta mikroelementning hayotiy jarayonlardagi muhim roli, ahamiyati aniqlangan. Shular jumlasiga B, Mn, Cu, Zn, Co, Mo va boshqalar kiradi. Ular hayotiy jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim moddalar, fermentlar, gormonlar, pigmentlar va boshqalar tarkibiga kiradi. Ular o‘simliklar organizmida turli fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: ular fermentlar aktivligini oshirish orqali, uglevodorodlar almashinuviga ta’sir o‘tkazadi, fotosintez jarayonida nurni o‘zlashtirishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlatadi. Ayrim mikroelementlar o‘simliklarning ayrim foydali xossalarini kuchaytiradi. Qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamliligini oshiradi, urug‘ning rivojlanishini va pishishini tezlashtiradi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi va xokazo. Zarur mikroelementlarning etmasligi esa o‘simlik va hayvonlarda modda almashinuvini buzilishiga, ularni turli kasalliklarga chalinishiga olib keladi. Masalan: borning etishmasligi bahorgi bug‘doy, kanop va qand lavlagini kasalliklarga chidamliligini kamaytiradi, marganets etishmasligi fotosintez intensivligini kamaytiradi, molibden etmasligi barglarda nitratlarning to‘planishiga va hosilida oqsilning kamayishiga, temirning etmasligi esa barglar xloroziga olib keladi. Biroq mikroelementlarning ko‘pi ham o‘simlik va hayvonlarga zaharli ta’sir etadi. Ayniqsa, ko‘pgina og‘ir metallar (masalan, qo‘rg‘oshin va simob) zaharli ta’sir etadi. Shuning uchun ham tuproqda mikroelementlar miqdori va sifati aniqlanishi va unga ekiladigan ekinlarning ularga bo‘lgan talabi o‘rganilmog‘i lozim va shu ma’lumotlar asosida u yoki bu mikroelement turi va miqdoridan foydalanish kerak bo‘ladi. Ayrim xorijiy mamlakatlarda keyingi yillarda mikroelementlardan foydalanish (tarkibida mikroelementlar saqlovchi yangi tur o‘g‘itlarning yaratilishi va ishlab chiqarilishi ayniqsa kengayib bormoqda) tez sur’at bilan o‘sib bormoqda. Mikroo‘g‘it sifatida tarkibida mikroelementlar saqlovchi tabiiy ruda minerallari, ba’zi sanoat ishlab chiqarish chiqindilari, texnik tuzlar, maxsus tayyorlangan moddalar va aralashmalar, masalan, kompleksonatlar (ichki kompleks birikmalar); firitlar (qattiq aralashmalar suyuqlanmasidan olinadigan shishasimon yoki metalsimon donachalar) va boshqalar ishlatiladi. Mikroo‘g‘itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o‘simlikka changlantirish (sepish) va purkash hamda urug‘larga ishlov berish yo‘li bilan ishlatiladi. Keng qo‘llaniladigan mikroo‘g‘itlarga borli, misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar kiradi. Mikroo‘g‘itlar kuzgi, lalmi (bahorgi), texnik ekinlar uchun ham, sabzavotlar uchun ham ishlatiladi, urug‘ va danaklar ularda ivitiladi, hosildorlik yetarlicha oshadi, olinadigan mahsulotning fitoftoroz bilan zararlanishi hamda nitrat va radionuklidlar miqdori kamayadi. Mikroelementlar mineral o‘g‘itlarning asosiy ozuqa elementlari o‘rnini bosa olmaydi, faqatgina ular ta’sirini to‘ldiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish amaliyoti ko‘rsatishicha, mikroelementlar biri o‘rnini boshqasi bosa olmaydi. Tuproqda mikroelementlar kam bo‘lganda qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yetarlicha hosil bermaydi, o‘simlik esa turli kasalliklarga chalinishi mumkin. Fosforli, azotli va kaliyli o‘g‘itlardan foydalanish hamma vaqt ham kerakli natijani beravermaydi. Buning asosiy sababi tirik organizmlar normal hayot faoliyati uchun kerakli va kam konsentratsiyada bo‘ladigan kimyoviy elementlar mikroelementlarning tuproqda yetishmasligi yoki bo‘lmasligidadir. Binobarin, yuqori sifatli hosil olish uchun o‘simliklarning mineral oziqlanishida tuproqqa asosiy elementlardan tashqari mikroelementlarni ham to‘ldirib turish darkor bo‘ladi. Mikroo‘g‘itlar – o‘g‘itlarning alohida muhim guruhi bo‘lib, ular ko‘pgina turli xil komponentlar bilan bir qatorda o‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan mikroelementlardir. Qishloq xo‘jaligida borli, marganesli, kobaltli, molibdenli, misli va ruxli o‘g‘itlar keng miqyosda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda ozuqa sifatida yoddan foydalaniladi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida mikroo‘g‘itlardan foydalanish miqyosi kengayib bormoqda. Ularni makroo‘g‘itlar tarkibiga kiritishda komponentlarning ta’sirlashishi natijasida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Bizni o‘rab turgan hamma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar, havo, suv, tuproq, hayvon, o‘simliklar hamda hammasi kimyoviy elementlarning aralashmasi yoki birikmasidan iboratdir. Tabiatda ba’zi elementlar tez-tez va ko‘p miqdorda, ba’zilari onda sonda va oz miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin yoki birikma holida) eng ko‘p miqdorda uchraydi. Tuproq og‘irligining 49,3% ni kislorod tashkil etadi. Masalan, yod yer qobig‘ida atigi 0,0001% dir. Bu ikki element o‘rtasidagi farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda yer qobig‘ining tarkibi yetarli darajada to‘la o‘rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari anchagina kremniy (26%), alyuminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta element yer qobig‘i butun massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning uchun ham ular makroelementlar deb ataladi. Biz o‘rgana oladigan yer qobig‘i massasining 2% dan kamrog‘i boshqa qolgan elementlarga to‘g‘ri keladi. (1.1 jadval)
jadval Download 356.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling