Mineral mikro va bakterial o'g'itlar va ularning ishlatilishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Borli o’g’it, Molibdenli o’g’it, Misli o’g’it va Marganesli o’g’itlar


Download 386 Kb.
bet1/7
Sana23.12.2022
Hajmi386 Kb.
#1049179
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mineral mikro va bakterial o\'g\'itlar va ularning ishlatilishi (2)


Mineral mikro va bakterial o'g'itlar va ularning ishlatilishi
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
Asosiy qism
I Bob Borli o’g’it, Molibdenli o’g’it, Misli o’g’it va Marganesli o’g’itlar…………………………………………………………………………….7

    1. O’g’itlarni saqlash, tashish va ishlatish. Organik o’gatlarning ahamiyati……………………………………………………………………….…..7

1.2 To’shamali go’ngning kimyoviy tarkibi. Tushamali go’ngni saqlash usullari…………………………………………………………………….....……..8
II Bob Mikroelementli o'g'itlarning shakllari va turlari…………….……….14 2.1 Bakterial O'g'itlar ishlatilishi va turlari …………………………….……..23 2.2 Mineral mikro va bakterial o'g'itlar……………………………………..…28
Xulosa………………………………………………………………….…………29 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral o’g’itlar19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral o’g’itlar tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. Mineral o’g’itlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. Mineral o’g’itlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, Mineral o’g’itlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash Mineral o’g’itlar zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan Mineral o’g’itlar (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. Mineral o’g’itlar qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling