Mineral mikro va bakterial o'g'itlar va ularning ishlatilishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Borli o’g’it, Molibdenli o’g’it, Misli o’g’it va Marganesli o’g’itlar


To’shamali go’ngning kimyoviy tarkibi. Tushamali go’ngni saqlash usullari


Download 386 Kb.
bet3/7
Sana23.12.2022
Hajmi386 Kb.
#1049179
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mineral mikro va bakterial o\'g\'itlar va ularning ishlatilishi (2)

1.2 To’shamali go’ngning kimyoviy tarkibi. Tushamali go’ngni saqlash usullari.
Tushamali go’ng hayvonlarning qattiq (go’ngi), va suyuq ajratilmalari (siydigi)dan hamda hayvonlar ostiga solingan to’shamadan iborat. Uning tarkibi va o’gitlik qimmatli chorva mollarning turiga, ularga beriladigan em-xashak tarkibiga, tushamaning sifati va miqdoriga hamda go’ngni saqlash usuliga bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning qattiq va suyuq holdagi ajratmalari tarkibi, o’g’itlik sifati jihatidan teng emas. Fosforning asosiy qismi hayvonlarning qattiq ajratmalari tarkibida bo’ladi, kaliyning esa asosiy qismi va azotning yarmi yoki uchdan ikki qismi suyuq holdaga ajratmalar bo’ladi. Hayvonlarning quruq go’ngida azot va fosfor organik birikmalar tarkibida bo’ladi, ular minerallashgandan keyingina o’simlik tomonidan o’zlashtiradigan shaklga aylanadi. Suyuq ajratmalar tarkibidagi mineral elementlar yaxshi eruvchan hamda o’simlik tomonidan oson o’zlashtirila oladigan holda bo’ladi.
Hayvonlarga beriladigan konsentrat oziqlar miqdori oshgan sari go’ng tarkibidagi azot va fosfor miqdori ham ortib boradi. Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan em-xashakdan go’ngga o’rtg hisobda organik moddalarning 40 foizi, azotning 50 foizi fosforning 80 foizi va kaliyning 95 foizi o’tadi.
Go’ng tarkibidagi mineral moddalar miqdori hayvonlar turiga bog’liq. O’rtacha: azot-0,5 %, fosfor 0,25% kaliy -0,62 kalsiy-0,35%, magniy-0,5%. Ot va qo’y go’ngi tarkibida suv kam organik moddalar ko’p, shuningdek azot, fosfor va kaliy ham sigir va cho’chqa go’ngiga qaraganda ko’p bo’ladi. Ot va qo’y go’ngida suv kam bo’lgani uchun bunday go’ng tez qiziydi va tuproqqa solinganda tez parchalanib ketadi.
Go’ng chiqishini oshirish va uning sifatini yaxshilashda hayvonlar ostiga tashlanadigan to’shamaning turi va uning sifatiga katta ahamiyat berish kerak. To’shama go’ngning fizik xossalarini yaxshilaydi, siydikni o’ziga singdiradi va siydik parchalanishida hosil bo’ladigan ammiakni o’zlashtiradi, shunday qilib azotning bekorga sarflanishini kamaytiradi.
Hayvonlar ostiga to’shama sifatida solish uchun boshoqli don ekinlar somoni, torf va kamdan-kam hollarda qipiqlardan foydalaniladi. O’rtacha to’shama normasi: sigir uchun 4-8 kg, otlar uchun 2-5 kg, cho’chqalar uchun 1-2 kg, ko’ylar uchun 0,5-1,5 kg.
Bir sutkada quyidagi miqdorda go’ng tuplanishi mumkin: bir bosh moldan 20-30 kg, otdan 15-20 kg, cho’chqadan 1,5-2,2 kg va qo’ydan 1,5-2,5 kg.
Go’ngning miqdori va sifati ko’p jihatdan uni saqlash usuliga bog’liq bo’ladi. Go’ngnn saqlash davrida mikroorganizmlar ta’sirida go’ng tarkibidagi azotli va azotsiz organik moddalar parchalanadi, Mochevina va boshqa azotli organik birikmalar chorva mollarning suyuq ajratmasi tarkibida bo’lib, ammiakka aylanadi va u go’ngdan yo’qoladigan azotning asosiy manbai hisoblanadi. Go’ng qanchalik sersomon bo’lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar shunchalik ko’p bo’ladi. Go’ngning tarkibida oson parchalanadigan organik moddalar ko’p bo’lib, havo yaxshi kirib turadigan sharoitda ularning parchalanipsh jadallik bilan boradi, Go’ngni saqlash sharoitiga qarab organik moddalarning parchalanish jadalligi har xil bo’ladi.
Go’nglarni saqlash uchun go’ngxonalar bo’lmasa, ular oddiy holda saqlanadi, lekin bunda go’nglarning fizikaviy sifati ancha pasayadi. Go’ng sifatini yaxshilash maqsadida uni znch, bo’sh-zich va bo’sh qilib saqlash usullari ko’llaniladi. Gungni zich, ya’ni sovuq saqlash usulida uni go’ngxonaga 3-4 m kenglykda solinadi va balandligi 1,5-2 m etganda bostirib pshbbalanadi. Uyumning usti poxol yoki tuproq bilan yopiladi (8-15 sm qalinlikda). Uzunligi saqlanadigan go’ngning miqrriga bog’liq bo’ladi. Go’ng bunday saqlanganda uning haroratsi 15-35° bo’ladi. Go’ng doimo nam bo’lagani uchun unga havo kirishi kamayadi. Natijada mikrobiologik jarayonlar sekinlashadi. , Bu esa go’ng tarkibida azotni saqlab qolish imkonini tugdiradi. Shuning uchun bu eng yaxshi usul hisoblanadi. Bu usulda yangi go’ng 3-4 oydan keyin yarim chirigan va 7^8 oydan keyin chirigan holga keladi. Go’ng bo’sh-zich usulda saqlanganda u dastlab shibbalanmasdan 10,8-1 m. balandlikkacha bo’sh uyuladi. Go’ng ana shunday uyulganda mikrobiologik jarayonlar havo yaxshi kirib turadigan sharoitda boradi, go’ng tarkibidagi organik moddalar jadallik bilan,. parchalanadi, harorat esa 60-70° S gacha ko’tarvladi va azot ko’plab yo’qoladi. Begona o’t urug’lari va oshqozon ichak kasalliklari; ko’zgatuvchilar yuqori haroratda o’ladi.
Shundan keyin go’ng uyumi shibbalanadi, bunda go’ng uyumi ichiga havo o’tmay qoladi, harorat ham 30-35°S gacha pasayadi va; organik moddalar bilan azotining nobud bo’lishi kamayadi. Dastlabki uyum ustiga xuddi oldindagi tartibda go’ng uyuladi, uyumning balandligi 2-3 m etguncha uchinchi qatlam go’ngni uyub boriladi. Yarim chirigan go’ng 1,5-2 oy va chirigan go’ng 4-5 oyda tayyor bo’ladi.
Bo’sh holda saqlanganda go’ng tarkibidagi organik moddalar va azot ko’p yo’qoladi, gung, bir hilda parchalanmaydi, uning o’g’itlik sifati ham pasayadi.
Go’ngni saqlash vaqtida massasiga nisbatan 3% miqdorida fosforit uni ar alashti ril ganda nobud bo’ladigan azot miqdori ancha kamayadi.
Har 100 bosh qoramol go’ngini 2,5-3 oy maboynida saqlashga mo’ljallab qurilgan namunaviy go’ngxonaning katgaligi quyidagicha bo’ladi: eni 9 m, uzunligi 21 m va chuqurligi 1 m.
Parchalanish darajasiga qarab go’ngning quyidagi turlari qishloq xo’jaligida tavsiya etiladi, chunki unda azot va organik moddalar ko’p nobud bo’lmagan bo’ladi gunglarquyidagicha farq; qilanadi:yanti go’ng, chala chirigan, chirigan gung va chirindi.
Dalaga sochilgan go’ng tezda tuproqqa aralishtirilib xaydab yuborilishi lozim.
Go’ngni eng yaxshisi kuzda erlarni shudgorlash oldidan solgan ma’qul tuproq va iklim sharoitlariga qarab go’ng erga 15-18 sm dan 20-30 sm gacha chuqurlikda solinadi.
Go’ng normasi uning sifati va miqdoriga, shuningdek o’g’itlanadigan ekinning turiga bog’liq. Sabzavot, makkajo’xori, kartoshka, qand lavlagi ekinlariga 15-25 t go’ng solish lozim. Go’ng muntazam ishlatilgan maydonlarda tuproq tarkibidagi chirindi va umumiy azot miqdori ortadi, tuproqning almashinuvchi va gidrolitik kislotaligi pasayadi, undaharakatchan shakldagi alyumiyniy va marganes miqdori kamayadi, tuproqning asoslar bilan to’yinish darajasi ortadi. Go’ng bilan birga erga juda ko’p miqdorda mikroorgapizmlar ham o’tadi. Erga go’ng solinganda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi.
Chala chirigan go’ng tarkibi azotdan o’simlikning foydalanish koeffisenti go’ng tarkibidagi ammiakli azot miqdoriga bog’liq, chunki o’simlik birinchi yil ammiakli azotnio’zlashtiradi, bu umumiy azotning 20-30 foizini tashkil etadi. Umumiy fosforning 30-40 foizini va kaliyning 50-60 foizini o’simlik birinchi yil o’zlashtiradi.
To’shama sifatida foydalaniladigan materiallar ishlatilmagan holda tarkibida 85-87% gacha suv bo’lgan suyuq go’ng olinadi. Yirik ixtisoslashgan chorvachilik fermalarihamda chovachilik komplekslarida chorva mollarini boqish tajribasi qo’llanilib, bunda suyuq holatdagi harakatchan go’ng aralashmasi olinadi. Suyuq go’ngning tarkibidao’rtacha quyidagi miqdorda mineral moddalar mavjud: azot 0,4; fosfor 0,2; kaliy 0,45; kalsiy 0,15; magniy 0,10%. To’shamasiz suyuq go’ng tarkibidagi umumiy azotning 50dan 70 gacha qismi ammiak holida bo’lib, u erga solingan dastlabki paytlarda o’simliklar tomonidan oson o’zlashtirnladi.
Suyuq holdagi go’ngni saqlashda nobud bo’ladigan organik moddalar va azot to’shamali go’ngni saqlashdagiga -qaraganda ancha kam bo’ladi. Suyuq go’ng asosan kuzgi shudgorlashdan oldin gektariga 25 t.dan solinadi.
Ko’kat o’g’itlar yoki sideratlar deb tuproqni azot va organik moddalar bil ai boyitish maqsadida dalalarga ekibg o’stiriladigan ayrim dukkakli o’simliklar (sideratlar) ga aytiladi, bular o’snsh fazasining muayan bir davriga etgandan keyin tuproqqa qo’shib xaydab yuboriladi. Hozir O’zbekiston dehqonchiligiga talab qilinadigan go’ng extiyojining bor yugi 15-20% ni qondirishga kifoya qiladi (etadi). Bunday hol tuproq tarkibini organik moddaalar bilan boyitishda qo’shimcha manbalardan foydalanishni taqozo etadi. Bu muammoni faqat ko’kat o’simliklardan foydalanish yo’li bilan xal etish mumkin. Ko’kat o’g’it sifatida kuzgi javdar, xantal, arna, xashaki no’xat, xashaki dukkaklar, yo’ng’ichqa, qizil sebarga shabdar (eron bedasi), mosh kabi oraliq zkinlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu oraliq ekinlaradan gektariga 350-400 sentnerdan ko’k massa olinganda, ayni massa tarkibida 150^00 kg azot bo’lib, o’z navbatida bu o’rtacha 35-40 tonna go’ngta ekvivalent. Misol: xashaki' no’xat tarkibida 0,50% azot, 0,15% fosfor. 0,50% kaliy, 0,30% kalsiy elementlari bor.
Ko’kat o’g’itlarning ustki massasini chorva uchun foydalanib, ildizini xaydab tashlaganda ham, o’rtacha 10-12 tonna ilddizi yerda qoladi.
Ko’kat o’g’itlar tuproq unumdorligvni oshirish bilan birgalikda, tuproqning fizik, mexanik xossalarini yaxshilaydi. Undagi chirindi miqdorini ko’paytiradi va eng muhimi engil tuproqlar suv xossalarining muvozanatlashishida katta ahamiyatga egadir.
O’rta Osiyo hududlarida ko’kat o’gitlar. (sideratlar) oraliq ekin sifatida sentyabr-oktyabr oylarida ekiladi.bunda kelgusi yillarning bahorida ulardan chorva uchun 350-400 s ko’k massa o’rib olish mumkin. O’g’it sifatida ularni chuqur xaydab, o’rniga sabzavot yoki texnik ekinlar (paxta, kanop) ekish ham mumkin.
Tuproq tarkibida shunday bakteriyalar mavjudki, ular havo azotini o’zlashtirib, tuproqni azot bilan ta’minlab turadi. Bu bakteriyalar jumlasiga nitrogin va azot bakteriyalar kiradi. Tuproq tarkibida erkin yashaydigan bakteriyalarga azot bakterinlar, dukkakli o’simliklar ildizida yashaydigan bakteriyalar esa tuganak (nitragin) bakteriyalar deb ataladi.
Bu bakteriyalar o’g’itlar bilan sho’rlanmagan o’tloqi va o’tloqi- botqoq tuproqlarda ijobiy natija beradi.
Azot bakteriyalari havodagi erkin azotni o’zlashtirish bilan birga tuproqda bir qator vitaminlar va o’stiruvchi moddalar ham hosil qiladi. Qishloq xo’jaligida ekiladigan sabzavotlar va texnik ekinlarning urug’lari va chigit turli hil kasalliklarga qarshi dorilanib, uch oy o’tganidan keyin, azot bakterin bilan ishlanadi. Bunda 1 gektarga mo’ljallapgan urug’ yoki chigit maxsus maydoaga o’tkazilib, 3 l azotbakterin 2-3 l suvga aralashtirilib sepiladi so’ng ekiladi. Azotobakterin bilan aralashtirilgan urug’larni tezda ekish tavsiya etiladi. Chunki azotobakterin va nitraginlar quyosh nuriga chidamsizdir. Ishlov berilgan urug’larini dimlash yaramaydi.
Zavodlarda tayerlanadigan nitragin 0,5 kg dan shisha bankalarda (1 gektarga solinadigan normada) ishlab chiqariladi. Nitragin erga dukkakli ekinlar urug’i bilan birga solinadi. Buning uchun ekin ekiladigan kuni shisha bankadagi nitragin 1 gektar erga ekiladigan urug’likni ivitish uchun bir banka (0,5 l) suv bilan aralashtiriladi. Urug’lik nitragin aralashtirilgan suv bilan namlanadi, obdon qorishtiriladi va quritilgandan keyingina (albatta soyada ekiladi. Nitragin bakteriyasi beda ildizidagi tuganaklar miqdorini 50-70% gacha ko’paytiradi. Buning uchun 1 litr suvga 0,5-1.0 kg nitragin qo’shilab ekish oldidan 14-16 kg beda urug’iga aralashtirilib ekiladi.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling