O'simliklarning azot bilan oziqlanishi va asoslashda bussengoning xizmat


Download 1.6 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1038112
Bog'liq
O\'SIMLIKLARNING AZOT BILAN OZIQLANISHI VA ASOSLASHDA BUSSENGONING XIZMAT

O'SIMLIKLARNING AZOT BILAN OZIQLANISHI VA ASOSLASHDA BUSSENGONING XIZMAT


Reja:
1. Azotning o’simliklar uchun ahamiyati.
2. Azotning tuproqdagi miqdori va o’zgarishi.
3. Dehqonchilikda azotning aylanishi
4. Nitratli o’g’itlarniig olinishi va ishlatilishi.
Azot sitoplazmaning va xujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan oqsillar tarkibiga, nuklein kislotalar, xlorofill, fermentlar,fosfatidlar, ko’pchshgak vitaminlar va o’simliklar modda almashishini jarayonlarida muhim rol o’ynaydigan boshqa azotli organik birikmalar tarkibiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanish uchun nitrat kislota tuzlari va ammoniy tuzlari azotning asosiy manbai hisoblanadi.
Tabiiy sharoitlarda o’simliklarning azot bilan oziqlanishi (tuproq eritmasida va almashinib yutilgan holatda bo’ladigan NO3 anion va NH4+ kationi yutish hisobiga bo’ladi.
O’simlikka o’tgan azotning mineral shakllari murakkab o’egarishlar sikliga uchraydi va nihoyat organik azotli birikmalar -aminokislotalar, amidlar va oqsil tarkibiga kiradi.
Nitrat azotidan o’simliklar aminokislotalar sintez qilish uchun bevosita foydalanmaydi.
O’simliklarda nitratlar dastlabki bosqichida-nitrat, giponitrit gidroksilamin orqali fermentativ qaytarilib ammiakka aylanadi.
HNO3 -» HNO2 -> (HNO2) 2-> NH4OH -> NH3
nitrat nitrit giponitrit gidroksilamin ammiak.
Nitratlar o’simliklar uchun zararsiz va ularning gukimalaridav ko’p miqdorlarda tuplanish mumkin.
Uglevodlar va organik ketokislotalar etishmaganda (ayniqsa uglevodlar zahirasi kam bo’lgan urug’larning, masalan, (qand lav lagi rug’ining unib chiqihda) o’simlikka ortiqcha miqdorda ammiak azotning kirib ketishi salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ekiladigan urug’ida uglevodlar miqdori ko’p bo’lgan O’simliklar (kartoshkada kraxmal) kelayotgan ammiak azotni tez 'zlashtiradi va tuproqqa ammiakni o’g’it solishsa foydali ta’sir tada.
O’simliklarning ammiak va nitrat azotidan foydalanipga 1ator ichki va tashqi omillarga: ekining biologik xususiyatiga, glevodlar bilan ta’minlapshga muhit reaksiyasiga, Ca2+ Mg K+ va mikroelementlarning bor yo’qligiga bog’liq.
Muhit reaksiyasi neytral bo’lsa ammiak azotini o’simliklar nitrat azotiga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi. Ca Mg va K miqdorining ko’p bo’lipshi ammiak azotining yaxshi o’zlashtiradi. (tuproq tarkibida fosfor etarli bo’lsa nitrat azoti yaxshi o’zlashtiriladi.
Molibdenning etishmasligi nitratlarning qaytarilishiyai" sekinlashtiradi va o’simliklarning nitrat azotini assimilyasiya qilishini cheklab qo’yadi.
Azot etishmaganda o’simliklarning o’sipsh keskin sekinlashadi, barglar mayda va och yashil rangli bo’ladv, tez sargayadi, novdalari ingichkalashib qoladi va yaxshi shoxlamaydi, urug’ hosil bo’lishi yomonlashadi, hosil va undagi oqsil miqdori keskin kamayib ketadi.
Urug’larda azotning asosiy miqdori (umumiy miqdorning 90% ga) oqsil tarkibi kiradi. O’simlik oqsillarida o’rtacha 16% azot bo’ladi.
Dukkakli va moyli ekinlar urugida oqsil va binobarin, azot miqdori eng ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi.
O’simlik solingan. o’g’itdan o’rtacha 40% azotni o’zlashtiradi. Tuproqdagi azotning miqdori undagi gumus miqdoriga bog’liq. qora tuproqlarda azotning umumiy miqdori 0,4-0,5% ga (12-15 t/ga N) va bo’z tuproqlarda 0,05 - 0,15 % ga etadi (3-6 t/ga N).
Yaxshi hosil olish uchun o’simlik tuproqdan ko’p miqdorda azot o’zlashtiradi: donli ekinlar 1 ga maydondagi tuproqdan 100 kg; makkajo’xori, kartoshka, qandlavlagi 150-200 kg azot o’zlashtiradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina A.oʻ. ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. A.oʻ. me’yori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning biol. xususiyatlari, tuproqqa solina-digan organik oʻgʻitlar miqdori va boshqalarga bogʻliq. A.oʻ. qoʻllaganda oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bogʻliq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • J. X XO’JAYEV ,, O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI ‘’ –

  • TOSHKENT NEXNAT - 2004
    2) ABDULLAYEV R. A, ASOMOV D.K, BEKNAZAROV B. O ,
    SAFAROV K.S ,, O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASIDAN AMALIY
    MAHG’ULOTLAR ‘’ - TOSHKENT 2004
    3) ZIYONET . UZ

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling