G f. n A. Nazarov “


Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati


Download 356.6 Kb.
bet2/33
Sana14.12.2021
Hajmi356.6 Kb.
#181082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Hozirgi dehqonchilik tizimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olishda mineral o‘g‘itlarning roli beqiyosligini aniqlanish bilan birga mikroo‘g‘itlar va o‘sishni rostlovchi moddalarni qo‘llashning muhimligi isbotlangan. Bu borada mikroelementlar bo‘yicha 8 marotaba yirik masshtabda konferensiyalar o‘tkazilib, ularda mikroelementlar agrokimyosi, fiziologiyasi va biokimyosiga oid vazifalar belgilab olingan. [1]

O‘simliklarning potensial imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishda, nafaqat o‘simlikni makro va mikroelementlar hamda nam bilan ta’minlanishi, balki ildiz tizimi taralgan muhitning suv fizik xossalarini yaxshilash, bundan tashqari o‘sish va rivojlanishni maqbullashtiruvchi tashqi muhit sharoitlarini ham qulay holatga keltirish zarur. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlarda va xorijda, qumli va suvli muhit uslubi asosida o‘simliklarning hayot faoliyati mikroelementlarsiz normal kechmasligi isbotlangan. Keyingi tadqiqotlar o‘simliklar oziqalanishida mikroelementlarning roli bo‘yicha xulosalar chiqarishga yordam berdi. Asosiy e’tibor o‘simliklarni mikroelementlarga talabining sabablarini aniqlashga, ularning metobolizmdagi ishtiroki va boshqalarga qaratilib, o‘simliklar hayotida mikroelementlarning ro‘li beqiyos ekanligi aniqlangan.

Mikroelementlar ko‘pchilik fermentlar (200 ga yaqin) tarkibiga kiradi, ularning strukturasi va faolligini belgilaydi, molekulyar azot fiksasiyasida, fotosintez jarayonida, o‘sish va rivojlanishni rostlashda, nuklein kislotalar, oqsillar va uglevodlar biosintezida ishtirok etadi.

Turli qishloq xo‘jalik ekinlari uchun mikroelementlar samaradorligini o‘rganish va ekinlar mahsuldorligini oshirish maqsadida makro va mikroelementlar bilan oziqalanishini maqbullashtirish yuzasidan sezilarli ishlar bajarilgan. Mikroo‘g‘itlarning keng qo‘llanilishining bu yo‘sinda rivojlanishi Ukraina, Belorusiya va boshqa bir qator hudularda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va mahsulot sifati oshishiga olib keldi. [2]

Mikroelementlarning ahamiyati, ularning o‘simlik hayotidagi rolini o‘rganish juda qadimga borib taqaladi. Tuproqlarda mikroelementlar tanqisligi, shuningdek ortiqcha bo‘lishi o‘simlik, hayvon va insonlarda qator kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu boisdan tuproq va o‘simlik tarkibidagi mikroelementlarni o‘rganish hamda mikroelementlarni qo‘llashning nazariy asoslarini ishlab chiqish yuqori va sifatli, raqobatbardosh hosil olishning asosiy negizi bo‘lib hisoblanadi.

Keyingi yillarda tadqiqotlar birmuncha chuqurlashtirilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mikroelementlarning oksidlanish-qaytarilish jarayoniga ta’siri, oziqa moddalar metobolizmi, g‘o‘zaning noqulay sharoitlarga chidamliligini oshirishdagi roli va boshqalarga bag‘ishlangan.

Paxtachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining eksperimental bazasida bo‘z tuproqlarida o‘tkazilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, chigit ekishdan oldin namlanib, tuproqqa molibden, bor va marganes mikroo‘g‘itlari solinganda, paxta hosili 1,7-3,4 s/ga oshgan. Vilt kasalligi esa 50% ga kamaygan. Tajriba natijalariga ko‘ra, mikroelementlar paxta hosilini 8,6% dan 25% gacha ko‘paytiradi, vilt kasalligining ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi.

Shuningdek, chuqur o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida yalpi va o‘simliklarga o‘zlashtiriluvchan mikroelementlar miqdori bo‘yicha sug‘oriladigan tuproqlarning tavsifi viloyatlar kesimida aniqlangan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlar tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar sezilarli ko‘paydi, kichik masshtabli kartasxemalar tuzildi, g‘o‘zada mikroelementlar samaradorligini prognoz qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va mikroo‘g‘itlar qo‘llaniladigan mintaqalar aniqlandi. Shuningdek, o‘simlik hayotida mikroelementlarning funksional roli, ularning kam yoki ko‘p bo‘lishidan kelib chiqadigan oqsil, nuklein kislota va boshqalarning almashinuvidagi nuqsonlar bo‘yicha ham ma’lumotlar yetarli emas.

Mikroelementlar yaqin yillargacha qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llanilmasdi. Chunki uning tuproqdagi miqdori qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yetarli hisoblanar edi. So‘nggi yillarda dehqonchilik va paxtachilik madaniyatining

oshishi bilan hosildorlik ham sezilarli darajada ortdi, ammo tuproqdagi mineral moddalar miqdori kamayib ketdi. Har yili solingan makroo‘g‘itlar hisobiga ularning o‘simliklarni tuproqdan olgan hissasi toldirilib borildi. Mikrelementlarning miqdori esa tashqaridan qo‘shimcha berilmaganligi sababli kamayib bordi.

Shu sababdan ham hozirda O‘zbekistonning asosiy ekin maydonlarining anchagina qismida mikroelementlarning, ayniqsa rux va misning yetishmasligi aniqlangan. [4]

Demak, bunday tuproqlarda paxta va boshqa ekinlardan yuqori hosil olish uchun mikroo‘g‘itlarni qo‘shimcha tarzda berilishi talab etiladi. Shu jihatdan olganda, mikroelementlarning turli shakllari va manbalarini, o‘simliklarning mikroelementlarga bo‘lgan maksimal darajadagi talabini aniqlash, shu asosda yuqori agroiqtisodiy samaradorlikka erishish shu kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respubliakasi kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Kimyo korxonalari kompaniyalarida o‘ttiz mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o‘quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda.

2001-yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kadrlar bilan “O‘zkimyosanoat” davlat aksionerlar jamiyati tuzildi.

Kimyo sanoatining rivojlanish yo‘nalishlarining asosiy strategiyalariga:



    • harakatdagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari rekonstruksiya va modernizatsiya qilish;

    • to‘xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o‘zlashtirish kabilar kiradi. [4]


Download 356.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling