Yuqori daraja – texnologik kompetentlikni oshirish, kompetentlik, mahorat
kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini chuqur anglaydilar, texnologik
kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy
va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratga ega bo’lishligi bu
yo’lda amaliy harakatlarni tashkil eta bilishligi va unga to’la rioya eta oladilar.
O’rta daraja – texnologik kompetentlikni oshirish, kompetentlik va mahorat
kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini etarlicha anglaydilar, texnologik
kompetentlikni oshirish davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu
sifatlarni o’zlarida shakllantirish ehtiyojini doim ham namoyon etavermaydilar.
Qolaversa, o’zlarida kasbiy mahoratni shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni
tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Quyi daraja – texnologik kompetentlikni oshirish, kompetentlik va mahorat
kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini deyarli anglamaydilar, kasbiy mahorat
davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni o’zlarida shakllantirish
ehtiyojiga ega emaslar, shuningdek, o’zlarida texnologik kompetentlikni
shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etmaydilar.
Shunday qilib yuqoridagi mezonlar asosida tajriba –sinov ishidasinaluvchi
o’quvchilar o’rtasidagi texnologik kompetentlikni shakllangallik darajasidagi
sezilarli farqlar aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |