G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
Kompozitsion materiallarni klassifikatsiyalang va
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
3. Kompozitsion materiallarni klassifikatsiyalang va
berilgan jadvalni to`ldiring. 1. Nol o'lchamli-to'ldirgichli: bularning o'lchamlari uch tomonlama o'lchashda bir xil o'lcham ko'rsatkichiga ega; 2) uch o'qli-hajmiy: bunda sinchlovchi to'ldirgich hajm bo'yicha joylashgan; afzal yo'nalishi yo'q. 3) to'ldirgichlarni bir o'qda chizig'iy joylashishi bilan to'ldirgichlar tola, ip, intevid shaklidagi kristallar shakliga bo'lib, matritsada bir-biriga parallel bo'ladi; 4) tarkibida metall yoki metall qotishmasi bor; 5) Bir o'lchamli - to'ldirgichli: o'lchamlardan birining o'lchamlari qolgan ikkitasinikidan juda katta; 6) tarkibida oksidiar, karbidlar va nitridlarning noorganik birlashmalari borlari; 7) ikki o'qli-yuzali: bularda sinchlovli to'ldirgichlar tola shaklida, intevid kristallarning matolari shaklida, matritsada folga shaklida parallel tekisliklarda bo'ladi; 8) Ikki o'lchamli: ikki o'lchami qolgan bittasidan juda katta.
9) tarkibida metall emas elementli, uglerodli, borli va h.k. li komponent borli; 10) komponentlari organik moddalar birlashmasidan (epoksidli, poliefirli, fenolli va h.k. smolalar) tashkil topgan.
37
84 bo‘lsa, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishida qiyinchilikni yuzaga kelishi tabiiy bo‘lgan holda modul dasturini o‘quvchilar- ning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturidan foydalaniladi. Hozirgi kunda o`rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga uch xil tayyorgarlikka ega o‘quvchilar qabul qilinayotganligi, ular o‘quv mehnati va amaliy ko‘nikmalarning egallaganlik darajasi turlicha bo‘lganligini inobatga olib modulli ta’lim texnologiyasi- dan foydalanishda modul dasturining o‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturi yuqori samara bermoqda. Mazkur modul dasturi asosida ishlaganda o‘quvchilarning kichik guruhlari o‘rtasida raqobat, guruh sardori guruh a’zolari bilan qo‘shimcha ishlash, mashg‘ulotgacha modul dasturidan o‘rin olgan savol topshiriqlar yuzasidan tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati vujudga keladi. O‘quv topshiriqlarining jamoa orqali qo‘yilishi, guruh a’zolarining guruh muaffaqiyatiga hissa qo‘shishga intilishi ta’lim tarbiya jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Guruh- ning erishgan natijalarining tahlil va e’tirof etilishi o‘quvchilar o‘quv motivlarini faollashtiradigan omil sanaladi. O‘quvchilarning egallagan bilim ko‘nikma va malakalarini o‘z-o‘zini, o‘zaro o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Modulli ta’lim texnologiyasi o‘qitish jarayonida yangi mavzuni o‘rganishda xususiy metodik darajada qo‘llaniladi va lokal darajada qo‘llaniladigan aqliy hujum, insert, klaster, bumerang, atamalar zanjiri, blits o‘yin mashqlar bilan uyg‘un- lashtiriladi. Ma’ruzaning yangi mavzuni o‘rganish qismida o‘qituvchi talabalarni yangi mavzu bo‘yicha tuzilgan modul dasturini va modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtiradi, ularning faoliyatini modul dasturidagi o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo‘llaydi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling