G %li natriy yodid eritmasi mo`l miqdordagi tok bilan elektroliz qilinganda katodda 125mol gaz ajralgan bo`lsa, hosil bo`lgan eritmadagi moddaning massa ulushini (%) hisoblang A. B. C. D


Download 19.43 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19.43 Kb.
#1036933
Bog'liq
KIMYO test Zuxra


1. 250g 15%li natriy yodid eritmasi mo`l miqdordagi tok bilan elektroliz qilinganda katodda 1.125mol gaz ajralgan bo`lsa, hosil bo`lgan eritmadagi moddaning massa ulushini (%) hisoblang A. 2 B. 2.5 C. 5 D. 4
2.Neonga nisbatan zichligi 1,65 ga teng bo`lgan vodorod sulfid va kisloroddan iborat 2,4 mol gazlar aralashmasi yopiq sistemada (hajm 1 litr ) reaksiyaga kirishdi ( H2Sg + O2g = SO2 g+ H2Og ) va muvozanat qaror topdi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng bo`lsa, muvozanat holatidagi oltingugurt (IV) oksidining hajmiy ulushini foizda aniqlang.
A. 36.4 B. 18.18 C. 32.3 D. 27.3
3. Alyuminiy va magniydan iborat 45 g aralashma suyultirilgan xlorid kislotada eritildi. Yer yuzida eng ko`p tarqalgan metallning reaksiyasi natijasida ajralgan gazning hajmi ikkinchi metallning erishidan hosil bo`lgan gazning hajmidan ikki marta ko`p . Dastlabki aralashmadagi magniyning massasini (g) toping.
A. 4.8 B. 27 C. 24 D. 18
4. FeX2 tarkibli birikmaning massasi 62 g bo`lib undagi temirning massasi 11.2 g bo`lsa FeX3 tarkibli 43.7 g modda tarkibidagi temirning massasini toping.
A. 11.2 B. 28 C. 56 D. 5,6
5.Mendeleyev oldindan bashorat qilgan uch elementdan biri ekaaluminiy elementini 1875-yilda kashf etib davriy sitemaning to`g`ri ekanligini isbotlashga hissa qo`shgan olimni toping.
A. Nilson B. K.Vinkler C. V.Noddak D. L.De.Buabodron
6.Kaliy gidroksid eritmasi 80.4 soat davomida 15 A tok ishtrokida elektroliz qilindi , qolgan eritma massasi 195 g, konsentratsiyasi 30 % li KOH ekanligi aniqlansa boshlang`ich eritmadagi ishqor konsentratsiyasini hisoblang.
A. 7.56 B. 85 C. 9.75 D. 45
7.68.8 g aromatik monokarbon kislotaning natriyli tuziga o`yuvchi natriy ta`sir ettirib 21.2 g aromatik uglevodorod olindi. (Reksiya unumi 50 % ). Aromatik uglevodorodni toping.
A.C9H12 B. C8H10 C. C7H8 D. C6H5-CH3
8. Magniy oksid va magniy nitrid aralashmasida azot atomlari soni kislorod atomlari sonidan 1 mol kam va magniy atomlari sonidan 4 mol kam bo`lsa , bu aralashmani massasini toping.
A. 188 B. 220 C. 98.6 D. 120
9. KNO2 + KMnO4 + H2SO4  reaksiyani davom ettiring . Ushbu jarayonda 0.5 mol oksidlovchi qatnashgan bo`lsa, qaytaruvchining miqdorini molda aniqlang.
A. 5/4 B. 6/5 C. 4/5 D. 5/6
10. 42CaO16 va 40Ca3N215 dan iborat 0.8 mol aralashmada 50 mol elektron mavjud bo`lsa , undagi oksidning massasimi toping.
A. 16.8 B. 11.6 C. 11.2 D. 17.4
11. N2 + 3H2  2NH3 reaksiya tenglamasi bo`yicha H2 ning 75 % i sarflandi.Olingan gazlar aralashmasidagi NH3 ning hajmiy ulushi 25 % bo`lsa azotning qancha qismi sarflangan.
A. 4/5 B. 5/6 C. 1/5 D. 1/6
12. CO va CO2 dan iborat aralashmasidagi uglerod va kislorod massalari nisbati 1:2 ga teng . Aralashmadagi gazlarning massa ulushini (%) aniqlang.
A. 39;61 B. 50;50 C. 45;55 D. 61;39
13. 66.2 g qo`rg`oshin II – nitrat qizdirilishi natijasida olingan qattiq qoldiq uglerod II oksid bilan qaytarildi. Hosil bo`lgan karbonat angidrid 11.1 g kalsiy gidroksid tutgan eritma orqali o`tkazilganda necha mol cho`kma tushadi .
A. 0.2 B. 0.05 C. 0.15 D. 0.1
14. 350 ml 20 % li (zichligi p =1.25 gr/ml) KCl ustiga necha ml suv qo`shilsa, 15 % li eritma hosil bo`ladi.
A.150 B. 145.8 C. 138.9 D. 120
15. Hund qoidasini ko`rsating.
A.Elektron pog`onachalarning elektronlar bilan to`lib borish ketma –ketligi ularning bosh va orbital kvant sonlar yig`indisi (n+l) qiymati ortib boorish tartibida bo`ladi .
B.Agar bir nechta pog`onacha uchun n va l qiymatlar yig`indisi bir xil bo`lsa , bunday pog`onachalar chegarasida elektronlar joylashishi bosh kvant sonining ortib borish tartibida bo`ladi.
C. Atomda to`rtala kvant soni bir xil bo`lgan ikkita elektron bo`lishi mumkin emas.
D.Pog`onachalardagi elektron spinlar yig`indisi maksimal qiymatga ega bo`lganda atom energetik jihatdan afzallikka ega bo`ladi , ya`ni elektronlar yacheykalarga avval 1 tadan keyin 2 tadan joylashadi.
16. X+ ionida proton soni 11 ta , neytron soni elektron sonidan 3 taga ko`p. X atoming nisbiy atom massasini topig.
17. Qaysi valentlikni fosfor ham xrom ham nomoyon qila olmaydi , lekin yod nomoyon qila oladi.
1) V 2) III 3)VI 4) VII 5) I
A. 1,2,3 B.2,4,5 C. 1 va 3 D. 4 va 5
18. Alkan molekulasida neytronlar soni protonlar sonidan sakkiztaga kam bo`lsa , alkanni aniqlang .
A. Metan B.Etan C. Propan D.Butan
19.Elektronlari soni bir xil bo`lgan zarrachalarni aniqlang .
1) Cr6+ 2) P-3 3) Mn+7 4) Fe2+ 5) Fe3+ 6) S2-
7) Ca2+ 8) Ar 9) Se2+ 10) Si-4 11) Br- 12) Cl-
A. 1,2,4,6,8,9,10,11 B.3,4,5,8,10,11,12 C. 1,2,3,6,7,8,10,12 D. 5,6,7,8,9,11,12
20. 15.68 litr ( n.sh ) vodorod sulfid mo`l miqdorda kislorodda yondirilishidan olingan mahsulotlar 200 g o`yuvchi natriy eritmasidan o`tkazildi. Nordon tuz massasi o`rta tuz massasidan 19.2 gr ga kam bo`lsa hosil bo`lgan eritmadagi nordon tuzning massasini hisoblang.
A. 31.2 B. 41.6 C. 20.8 D. 10.4
21. 400 g 30 % sulfat kislota eritmasi ustiga 200 g suv qo`shilsa necha % li eritma hosil bo`ladi.
A. 25 B. 20 C. 40 D. 36
22. Markaziy atomi sp3 gibridlangan fazoviy tuzilishi tetraedr bo`lgan molekulalarni belgilang.
1) CO2 2) SO2 3) H2O 4) NH3 5) CH4 6) SO3
A. 1,6 B. 3,4,5 C. 5 D. 2
23. Aluminiy sulfat kristallgidrati tarkibidagi aluminiyning massa ulushi 8.1 % ga teng bo`lsa kristallgidrat tarkibidagi suvning mollar sonini aniqlang .
A. 6 B.9 C. 12 D.16 E. 18
24. 11.2 mg Radon parchalanganda 22485 Rn  Bi + x L + y -1b + 2 01 n 15.05 *1019 dona elektron hosil bo`lsa, reaksiya natijasida olingan vismut izotopidagi neytronlar sonini aniqlang.
A. 112 B. 98 C. 123 D. 132
25. Teng massada olingan Li va H2O molekulalari reaksiyaga kirishganda 3.85 gr modda ortib qoldi. Dastlabki aralashmadagi litiyning molini toping .
A. 0.35 B. 0.9 C. 0.3 D. 0.45
26. 800 ml kumush nitrat eritmasiga temir plastinka tushirilganda , plastinka massasi 6.4 gr ga o`zgargan. Olingan eritmaga Avagodro sonidan 13.6 marta ko`p elektron tutgan 28.2 gr natriy xlorid va kaliy xlorid aralashmasi qo`shilganda , eritmadagi kumush ionlarini to`la cho`ktirishga yetarli bo`lsa , kumush nitratning molyar konsentratsiyasini aniqlang .
A. 0.8 M B. 0.6 M C. 1.2 M D. 1.4 M
27. Natriy sulfid, natriyt xlorid va natriy nitratdan 96 gr aralashmaga mo`l miqdordagi mis (II) sulfat eritmasida eritilganda 24 gr cho`kma ajraldi. Xuddi shunday aralashma mo`l miqdordagi kumush nitrat eritmasida eritilganda 90.7 gr cho`kma ajraldi. Dastlabki aralashmadagi natriy nitrat massasini (gr) aniqlang .
A. 51 B. 64.8 C. 68 D. 71
28.Reaksiya uchun olingan kalsiy karbonat massasi xlorid kislota massasidan 45.25 gr ga ko`p. Agar reaksiya natijasida 0.6 mol karbonat angidrid ajralgan bo`lsa , sarflanmay qolgan kalsiy karbonat massasini (gr) toping. (Unum n=80%).
A. 60 B. 25 C. 40 D. 75
29. Qaysi radioktiv zarrachadan ajraladigan gamma nurlari orqali saraton kassalliklari davolanadi.
A.198 Au B.60 Co C.131J D.235U
30. Metan va etandan iborat gazlar aralashmasining o`rtacha molyar massasi 19.5 ga teng bo`lsa, metan va etan massa ulushini hisoblang.
A. 40.75 ; 59.25 B. 50 ; 50 C. 75 ; 25 D. 61.54 ; 38.46
Download 19.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling