71
haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi to‘g‘risidagi tib-
biyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan
kasblar ham mavjudki,
ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpay-
vandchi, shaxtyor, temirchi singari kasb lar.
O‘quvchilar salomatligiga
ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini
buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek,
voyaga
yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga
jalb etish ham taqiqlanadi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi
O‘zbekistonda munosib turmush darajasini saqlab turish uchun ko‘p
bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz onalarga va boshqa yolg‘iz
ki shi larga,
shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko‘rinishdagi
ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining miq-
dori muntazam oshiri b borilmoqda.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda,
shuningdek, bo-
quvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hol-
larda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa
turlari ning miqdori ras-
man belgilab qo‘yilgan ti
rikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz
bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: