G. M. Tansikbayeva, V. A
Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvo- fi q Vazirlar Mahkamasi
1. Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati.
2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari. 1. VAZIRLAR MAHKAMASI – MAMLAKAT HUKUMATI Vazirlar Mahkamasining asosiy tashkilotchiligi va faoliyatiga O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi hamda “O‘zbekiston Respub likasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bag‘ishlangan. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekis- ton Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qaror- lari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. ? ? O‘zingizni sinang! 5 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 130 2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuzi- ladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning faoliyat- lari kelishuvini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. 12-sxema. Bosh vazir Bosh vazirning birinchi o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Bosh vazir o‘rin- bosari Vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari 131 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvo- fi q Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi uchun javobgar bo‘ladi; 2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofi qlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi; 4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; 5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; 6) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi; Vazirlar Mahkamasi konstitutsuyaviy normalar va amaldagi qonun hujjatlariga muvofi q O‘zbekiston Respublikasining butun hududdagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofi q o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling